16:38 / 23.10.2016
9557

Fergyuson Ronaldu haqida 2 og‘iz maqtov so‘zi aytdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘z sobiq shogirdi, hozirda «Real» safida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ronaldu – barchasiga o‘zi erishgan futbolchilar uchun eng yorqin misol bo‘la oladi. Ko‘p murabbiylar qaysidir futbolchini o‘zi yetishtirgani haqida aytishi mumkindir. Ammo Ronaldu barchasiga o‘zi erishdi.

Biz faqat unga muvaffaqiyatga erishishi uchun vosita va maydon berdik. Uning mashg‘ulotga munosabati hayratlanarli  edi. U fantastik darajadagi futbolchi bo‘lib yetishdi.

«MYu»da fantastik futbolchilar ko‘p bo‘lgan – Skoulz, Giggz, Kantona, – ammo Ronaldu alohida ajralib turadi», – deya Fergyusonning so‘zlarini keltirgan El Mundo Deportivo.

Mavzuga oid
Top