21:36 / 13.09.2016
5298

Belarusda respublika kengashining yangi tarkibi saylandi

Belarusning barcha hududlarida respublika milliy kengashi a'zolari saylandi. Bu haqda «BelTA» xabar bergan.

Mahalliy saylovlar va Minsk shahar kengashi uchun saylovda parlament yuqori palatasi uchun 56 nafar a'zo aniqlab olingan, yana 8 nafar nomzod prezident tomonidan ko‘rsatiladi.

Belarus parlamenti tarkibi 64 senatordan iborat bo‘ladi.

11 sentabr kuni Belarusda Vakillar palatasi uchun saylovlar o‘tkazildi. 110 okrugda 484 nomzod orasidan 110 deputat tanlandi.

Bundan oldinroq, Vashington Belarusdagi parlament saylovlari xususida tanqidiy fikr bildirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top