19:47 / 15.09.2016
11513

Chempionlar Ligasining 1-tur ramziy jamoasi ma'lum

13-14 sentabr kunlari Yevropa Chempionlar Ligasining 2016/2017 yilgi mavsumining 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

UYeFA rasmiy sayti ma'lum qilishicha, turning ramziy jamoasi tuzib chiqilgan. Ro‘yxatdan “Borussiya D” klubidan uch nafar, “Bavariya”, “Barselona”dan ikki nafar, “Lion”, “Lester”, “Atletiko” hamda “Manchester Siti” jamoalaridan esa 1 nafardan futbolchilar o‘rin olishdi.

Darvozabon: Oblak ("Atletiko")

Himoyachilar: Gerreyru, Papastatopulos, Bartra (hammasi - "Borussiya" D), Bernat ("Bavariya")

Yarim himoyachilar: Mahrez ("Lester"), Kimmix ("Bavariya"), Tolisso ("Lion")

Hujumchilar: Neymar ("Barselona"), Messi ("Barselona"), Aguero ("Manchester Siti")

Top