16:09 / 04.12.2016
9533

15 millionga yaqin kishi saylovda ovoz berib bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun soat 6.00da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma'lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

MSK bergan ma'lumotga ko‘ra, soat 16.00gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 72.03 foizi (14 713 955 nafari) ovoz berishda ishtirok etdi.

Saylov jarayoni soat 20:00gacha davom etadi.

Top