08:40 / 28.06.2017
20791

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Uzoqboy Begimqulov Shoimqulovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy sayti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi PQ-3094-son qaroriga muvofiq Uzoqboy Begimqulov Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top