21:08 / 30.06.2017
8757

Tramp Erdo‘g‘an bilan gaplashdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilgan.

«Prezident Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali ko‘p masalalarni muhokama qildi, jumladan  Fors ko‘rfazida yuzaga kelgan ziddiyat mavzusini», — deya bayonotdan parcha keltirilgan ABC xabarida.

Shuningdek, Tramp AQSh uchun ittifoqchilarning «terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorligi» muhim ahamiyatga egaligini qayd etib o‘tgan.

29 iyun kuni Qatar TIV rahbari Muhammad ibn Abdul Rahmon Ol Soniy Vashingtondagi chiqishi vaqtida o‘z mamlakati arab davlatlari bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top