Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Hindiston bizga Afg‘oniston bo‘yicha ko‘proq yordam berishi kerak
Foto: Reuters
Hindiston Afg‘oniston hududida terrorizm bilan kurashda AQShga ko‘proq yordam berishi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp xalqqa televideniye orqali murojaatida ma'lum qildi.
«AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasining muhim qismi – dunyodagi eng yirik demokratiya va Qo‘shma Shtatlarning muhim iqtisodiy hamda mudofaa porti bo‘lgan Hindiston bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishdir», - dedi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistonda barqarorlikni izga solishga qo‘shilgan hozirgi hissani yuqori baholaydi.
«Hindiston AQSh bilan savdoga milliardlab dollar kiritmoqda, hamda biz, ular Afg‘oniston bo‘yicha ko‘proq yordam berishlarini istaymiz, ayniqsa, iqtisodiy yordam va modernizatsiya sohasida. Biz Janubiy Osiyo, shuningdek, Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik hamda xavfsizlik bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishishda birdammiz», - deya aniqlik kiritda AQSh prezidenti.
Avvalroq Tramp Afg‘onistonga Amerikaning 4 ming askarini yuborish farmonini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
23:16 / 06.01.2026