15:12 / 05.09.2017
12354

Elyor G‘aniyev: O‘zbekiston Qirg‘izistonga oliy sifatli mahsulotlar yetkazib berishga tayyor

Foto: SNG.Today

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan birgalikda tashkil etiladigan qo‘shma korxonalar uchun yer maydonlari ajratishga tayyor. QR iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev bilan suhbatda shu haqda bayonot berdi. 

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri o‘z navbatida, biznes sohasida o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma korxonalar ochish zarurligini ta'kidladi. U, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni mamlakatga oliy sifatli mahsulotlar yetkazib berishga tayyorligini ham qayd etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sifatni nazorat qilishning qat'iy menejmenti joriy qilingan va barcha mahsulotlar xalqaro me'yorlarga mos keladi hamda ISO 9000 sertifikatlashidan o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda 24.kg agentligi.

Top