Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Il-20 mojarosi. Shoygu Isroilni ayblab chiqdi
Foto: RIA Novosti
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Isroil mudofaa mahkamasi rahbari Avigdor Liberman bilan telefon orqali muloqotda Il-20 samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq hodisani muhokama qildi. Voqea oqibatida Rossiyaning 15 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
«Sergey Shoygu Libermanga Isroil harbiy-havo kuchlarining mas'uliyatsiz xatti-harakatlari oqibatida rossiyalik 15 nafar harbiy xizmatchining umriga zomin bo‘lgan fojia yuz berganini tushuntirdi», - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Shoyguning ma'lum qilishicha, «urib tushirilgan Rossiya samolyoti va ekipajning o‘limi uchun Isroil tomoni javobgardir».
«Rossiya Mudofaa vazirligi turli aloqa kanallari orqali Isroil tomonini Suriya hududiga zarbalar berishdan tiyilishga qayta-qayta chaqirdi. Bu rossiyalik harbiy xizmatchilar xavfsizligiga tahdid solishi aytilgandi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u Liberman bilan suhbatda.
Shoyguning qayd etishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi «keyingi javob qadamlari uchun huquqni o‘zida saqlab qoladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini ma'lum qilgandi.
Qayd etilishcha, Rossiyaga qarashli Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan.
Mavzuga oid
14:05
RFda Putin figuralari sabab nemis haykaltaroshi ustidan sud keyinga qoldirildi
11:57
Aksionist Pavel Krisevich ozodlikka chiqdi va Rossiyani tark etdi
11:16
RFdan Yevropaga quvur orqali gaz eksporti 44 foizga kamaydi
09:41