Rossiyaga qaraşli Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Ma'lumotlarga köra, Il-20 Suriya kuçlariga qaraşli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tuşirilgan.
«Aks ettiruvçi effektiv yuza F-16’dan köproq bölgan Il-20 S-200 kompleksi raketasi bilan urib tuşirilgan», - deya aytib ötdi Mudofaa vazirligi vakili.
Qayd etilişiça, bunga Isroilning F-16 qiruvçilari Rossiya samolyoti orqali öz xatti-harakatlarini berkitişga uringani sabab bölgan.
Il-20 samolyotida 15 nafar rossiyalik harbiy bölgan.
Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yöqotgani xabar qilingandi.
Ma'lum qilinişiça, 17 sentabr keçki vaqt Suriya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari Lataqiya şahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta'kidlaşiça, hujum dengizdan amalga oşirilgan, bir neça raketa möljalgaça urib tuşirilgan.
Keyinroq CNN telekanali Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatçi bilan Suriya havo mudofaasi kuçlari tomonidan urib tuşirilgan bölişi mumkinligini ma'lum qildi.













