Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanuvchi avstriyalik sobiq harbiy ozodlikda qolmoqda
Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib qo‘lga olingan avstriyalik iste'fodagi harbiy davlat sirlarini sotganini inkor etmoqda. Bu haqda Kronen Zeitung nashri ayblanuvchining advokati Mixael Xoferga asoslangan holda xabar bermoqda.
«Mijozim meni davlat sirlarini sotmaganiga ishontirdi. U o‘zini josus deb hisoblamayapti», — degan u. Xofer o‘z mijozi bunday ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, gumonlanuvchi 13 noyabr kuni sud uni hibsga olmaslikka qaror qilganidan mamnun bo‘lgan. Sudya bu shaxs atrofdagilarga xavf tug‘dirmayotgani, uning yashirinish ehtimoli yo‘qligini inobatga olgan holda qaror chiqargan. Hozircha to‘liq ismi oshkor etilmayotgan harbiy (uni M. deb atashmoqda) ozodlikda qolmoqda, u har kuni politsiyaga kelib, ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Agar u politsiyaga kelmasa, shu zahoti qo‘lga olinadi.
Bundan avvalroq 70 yoshli bu sobiq harbiy o‘ta kamtar yashashi, mashinasi ham, do‘stlari ham yo‘qligi ma'lum qilingandi.
Ungacha Avstriya hukumatiga Rossiya foydasiga josus qilgan avstriyalik harbiy haqidagi ma'lumotni Buyuk Britaniya tomoni bergani xabar qilingandi.
Avstriya hukumati 9 noyabr kuni Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlangan shaxsni qo‘lga olgandi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, u 1988 yilda Tehronda ekanida Rossiya razvedkasi tomonidan yollangan.
Mavzuga oid
12:04 / 23.01.2026
Rossiya foydasiga josuslik: Venada maxsus xizmat sobiq xodimi ustidan sud boshlandi
16:04 / 17.01.2026
Ozarboyjon Germaniya va Avstriyaga gaz yetkazib berishni boshladi
16:01 / 11.12.2025
Avstriya AQShga Dmitriy Firtashni bermaslik haqida yakuniy qaror qabul qildi
11:28 / 06.12.2025