Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi qanday?
Foto: 123RF
2019 yil 1 yanvardan boshlab ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash bo‘yicha talab bekor qilindi va davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibi o‘rnatildi.
Soliq xizmatlari xabarlarining yozishicha, ko‘chmas mulkni ijaraga bermoqchi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar yoki noturar mulklarini ijaraga berishda ikki tomonlama ijara shartnomasi tuzishlari va shartnomani davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari shart.
Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish ikkita usulda:
- Davlat soliq qo‘mitasining MY.SOLIQ.UZ saytidagi “Ijara shartnomalarini hisobga olish” interaktiv xizmatlari orqali.
- Jismoniy shaxsning doimiy yashash, yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyidagi davlat soliq inspeksiyalariga tashrif buyurgan holda belgilangan shakldagi so‘rovnomani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Ijara shartnomasi;
2. Jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Shartnomani hisobga qo‘yish uchun soliq organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yishda Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy saytidagi shaxsiy kabinet orqali so‘rovnoma yuborish uchun elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organida hisobga qo‘yilgandan so‘ng, joriy yil uchun hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomasi ijaraga beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha dastlabki deklaratsiyani taqdim etish talab etilmaydi.
Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibiga rioya etmaslik Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-1-moddasiga asosan eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Rossiya yadro sinovlarini boshlamoqchimi? | “Geosiyosat”
Jahon | 15:46
-
GFR rossiyaliklarning biometrik bo‘lmagan pasportlar bilan kirishini taqiqlaydi
Jahon | 15:45
-
Putinning «muhim» topshirig‘i, AQSh tarixidagi eng uzun «shutdown» va Pokrovsk xarobalaridagi janglar – kun dayjesti
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Iqtisodiyot | 14:43
Mavzuga oid
17:50 / 03.11.2025
Yongan mashina, “jim yurish” uchun $10 000 va ijara nizosidan yasalgan jinoyat
14:44 / 09.10.2025
O‘zbekiston Kuvaytda omborlarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda
12:10 / 07.10.2025
Sentyabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari qimmatlashdi
16:26 / 02.10.2025