Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer atmosferasi Oyni butunlay qamrab olishi aniqlandi
Foto: NASA/JPL/USGS
NASA va Yevropa kosmik agentligiga (ESA) tegishli bo‘lgan Solar and Heliospheric Observatory (SOHO) kosmik apparatidan foydalangan olimlarning aniqlashicha, Yer atmosferasi yuqori qatlamlari kosmosga 630 ming km masofaga cho‘zilib ketadi. Bu haqda Science Alert yozmoqda.
Nashrdan eslatishlaricha, ilgari olimlar ekzosfera (atmosfera yuqori qatlamlari) chegaralarini 200 ming kilometrlik darajada «chegaralashgan». Biroq, SOHO’da o‘rnatilgan SWAN quyosh nuri anizotropiyasi o‘lchagichi Yerning vodorod atomlaridan tashkil topgan uzun ekzosferasi 630 ming kilometrdan oshiqroq masofaga yoyilishini aniqlashga yordam berdi.
Shu tariqa, Yer atmosferasi sayyoramizdan 384 ming kilometr masofada joylashgan Oyni butunlay qamrab oladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tgan portal.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kosmik apparati Oyning teskari tomoniga qo‘ngandi.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
07:50 / 27.10.2025
Oydagi chang Yerda suvning kelib chiqishi haqidagi versiyani o‘zgartirdi
22:39 / 21.09.2025