Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzin narxi oshmaydi, 3 oylik zaxiramiz bor – Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda benzin narxi oshib, yonig‘li quyish shoxobchalari yopilishi haqida tarqalgan ma'lumotlarni rad etdi.
Foto: Reuters
Shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxo‘jayevning Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, yonilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatini davom ettiradi, benzin narxini oshirish rejalashtirilmayapti.
«Respublikaning 3 oylik zaxirasi bor. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz», – dedi Mahmudxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ushbu ma'lumotni Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» va «O‘ztransgaz» AJlar ham rad etgan edi.
Rasmiylarning aytishicha, «O‘zbekneftgaz» shoxobchalarida benzin narxi respublika bo‘yicha bir xil bo‘lishi qat'iy nazorat qilinadi.