Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Haqqini talab qilishdan qo‘rqmaslik va qonunni ishlab chiqqanlarning o‘zi uni buzmasligi” – Murod Nazarov qonun ustuvorligini ta’minlash haqida
Tadbirkor Murod Nazarov Kun.uz’ga bergan intervyusida o‘zbek jamiyatida qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi muammolar haqida gapirdi.
“Birinchi o‘rinda qonun ustuvorligi. Qonun bormi, u ishlashi kerak. Noto‘g‘ri ish qilgan odam qonun oldida javob berishdan qo‘rqishi, noto‘g‘ri ish qilmagan odam esa har qanday vaziyatda xotirjam bo‘lishi kerak. Agar mana shu narsani izga tushirib olsak, qolgan hammasi sekin-sekin joyiga tushib ketadi.
Hamma muammolarning o‘q ildizi qonun ustuvorligi ta’minlangani. Bizda qonun ishlashi kerak. Nimaga yo‘liqsak, qonunni talab qilsak yoki tuhmatga uchrasak...
Agar oddiy qonun ustuvorligi bo‘lganda, o‘sha kundagi yong‘in, ishchilarning ko‘chaga chiqishi bo‘lmasdi. Balki ular bizdan 17-sanada emas, 10-sanada olishni qonuniy talab qilardi. Biz balki ularga qonuniy chora ko‘rardikki, siz bizning obro‘yimizni tushirdinglar, deya. Ular asossiz ko‘chaga chiqdi, puli hisobiga tushib bo‘lgandi. Men oddiy misolda keltiryapman. Bu holatda turli yolg‘on xabarlar tarqatgan OAVga qonuniy chora ko‘rilsa, ular ham hushyor bo‘ladi, biz ham xotirjam bo‘lamiz.
Qonun ishlasin”, – dedi tadbirkor.
U shuningdek, sayt muxbirining xo‘sh, jamiyatda nega qonunlar ishlamayapti, mazmunidagi savoli bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirdi.
“Birinchidan, kimlargadir to‘nkash kerak emas. Har birimiz qaysidir ma’noda qo‘rqmas bo‘lishimiz kerak. Haq-huquqlarimiz poymol qilinyaptimi, qo‘rqmasdan chiqish kerak. O‘zimizni qurbon qilishdan qo‘rqmasligimiz kerak. O‘zingizni, oilangizni, jamiyatingizning haq-huquqini himoya qilishda qo‘rqmas bo‘lishingiz kerak.
Men chechen xalqini misol qilib keltiraman. Chechen qizlariga xiyonat qilishmaydi, tajovuzkorlik qilishmaydi. Chunki ayolga borib tegsangiz, turmush o‘rtog‘i bo‘ladimi, akasi bo‘ladimi, otasi bo‘ladimi, qamalishdan qo‘rqmaydi – boradi-da, chavaqlab tashlaydi. O‘zimning hayotimni qurbon qilsam qilaman, lekin bunga yo‘l qo‘ymayman, deydi. Shu narsa 3 marta, 4 marta, 10 marta bo‘lganidan keyin qolganlar ham qo‘rqadi. Xuddi shunday, biz ham qo‘rqmas bo‘lishimiz kerak.

Biz esa qo‘y, hozir buni qilsam, buni gapirsam, o‘zimga yomon bo‘ladi, deya qo‘rqamiz. Bu qo‘rqoqlik esa butun jamiyatda yuraveradi. Bu birinchisi.
Ikkinchidan, o‘zimiz chiqargan qonunlarni o‘zimiz chetlab o‘tmasligimiz kerak. Masalan, qurilishga maxsus bosh kiyimda kirish belgilanganmi, men bu tartibni buzmasligim kerak. Men kompaniya prezidenti bo‘lsam ham, unga bosh kiyimsiz kirishga haqqim yo‘q. O‘zim shu qoidani chetlab o‘tdimmi, bo‘ldi, buzilaveradi.
Xuddi shunday qonunni ishlab chiqib, tasdiqlagan mualliflar ham uni buzmasligi kerak. Shundagina qonun ustuvorligi oshadi, qonunning obro‘si oshadi ”, – dedi Murod Nazarov.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Abdusalim Abduvohidov.
Tavsiya etamiz
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Jahon | 21:18 / 04.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Rossiya yadro sinovlarini boshlamoqchimi? | “Geosiyosat”
Jahon | 15:46
-
GFR rossiyaliklarning biometrik bo‘lmagan pasportlar bilan kirishini taqiqlaydi
Jahon | 15:45
-
Putinning «muhim» topshirig‘i, AQSh tarixidagi eng uzun «shutdown» va Pokrovsk xarobalaridagi janglar – kun dayjesti
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Iqtisodiyot | 14:43
Mavzuga oid
11:16 / 24.10.2025
“Ko‘chmas mulkni kerak bo‘lsagina olish kerak” - Murod Nazarov
16:55 / 19.07.2025
Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning qurilishlarida daraxtlar kesilishi holatini tekshirishga chaqirdi
20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?
17:16 / 18.07.2025