O‘zbekiston | 08:28 / 09.07.2023
20741
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi boshlandi

Bugun, 9 iyul - O‘zbekistonda prezidentlik saylovi kuni. Saylov uchastkalari soat 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Soat 8:00 da O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov uchastkalari ochildi. Uchastkalarda soat 20:00 gacha ovoz berish mumkin.

Bu safar nomzodlar soni besh emas, to‘rt nafar, chunki ikki partiya bitta nomzodni ilgari surgan. Nomzodlar:

  • Xalq-demokratik partiyasidan — Ulug‘bek Inoyatov;
  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiya (O‘zLiDeP) («Milliy tiklanish» partiyasi tomonidan qo‘llangan) — Shavkat Mirziyoyev;
  • «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi — Robaxon Mahmudova;
  • Ekologik partiya — Abdushukur Hamzayev.

Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, saylovda g‘olib bo‘lgan nomzod keyingi 7 yil davomida prezidentlik qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish tartibini eslatdi:

Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, 2023 yil 1 iyul holatiga jami 376 ming 623 nafar saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Shundan respublika hududida – 275 ming 592 nafar, xorijda – 101 ming 31 nafar saylovchi ovoz bergan.

Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa bo‘ladimi?

Saylov byulletenini to‘ldirilgan holda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi. Ushbu xatti-harakat saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir. 

Caylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.

Mavzuga oid