Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi
Davlat rahbari Shushada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarboyjonda bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 5−6 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarboyjonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Shusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining «Transport o‘zaro bog‘liqligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali barqaror kelajakni barpo etish» mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Sammit davomida ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, «yashil» iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Qayd etilishicha, delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
Tadbir yakunida qator qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an

17:07 / 21.05.2025