Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya uchrashuvlar haqida salbiy signallar yubormoqda
Kiyev va uning Yevropadagi ittifoqchilari, AQSh va «ko‘ngillilar koalitsiyasi» Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini tayyorlash ustida faol ishlamoqda, dedi Volodimir Zelenskiy.
Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 avgust, chorshanba kuni Telegramʼda «Rossiyaliklar «uchrashuvlar va keyingi voqealar bo‘yicha» salbiy signallar yubormoqda, deya ma’lum qildi. «Bizning shahar va qishloqlarimizga hujumlar davom etmoqda. Har kuni yangi qurbonlar bo‘lmoqda», — dedi u o‘z xulosalarini aniqlashtirib.
Ukraina rahbari nuqtayi nazariga ko‘ra, Moskvaning bunday harakatlariga G‘arbning javobi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘lishi kerak. «Bosim kerak. Biz bunga umid qilamiz. Qadamlar, xususan, Rossiyadan zarur — haqiqiy diplomatiya sari qadamlar», — deya ta’kidladi u bu borada.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qilgan va u unga konstruktiv maslahatlar bergan.
Mavzuga oid
09:26
Zelenskiy: Belarus Rossiyaga Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tishga yordam beryapti
09:02
Zelenskiy: 20 banddan iborat kelishuv 90 foizga tayyor
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
23:38 / 26.12.2025