Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis vaziri favqulodda holatlar uchun konservalangan mahsulotlarni zaxira qilish taklifi bilan chiqdi
Alois Raynerning ta’kidlashicha, geosiyosiy voqealar va yetkazib berish tizimidagi muammolar ana shunday chora ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Alois Rayner (o‘ngda) Foto: Patrick Pleul/dpa
Germaniya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Alois Rayner mamlakat favqulodda holatlarga tayyor bo‘lishi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini ko‘paytirishni taklif qildi.
Rayner tayyor mahsulotlar, xususan, konservalangan makaronlarni ko‘proq zaxira qilish niyatida ekanligini bildirdi.
«Men ularni isitiboq yeyish mumkin bo‘lgan tayyor mahsulotlarning milliy zaxirasiga aylantirmoqchiman», — dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihaning qiymati 80-90 mln yevroni tashkil etadi.
Alois Raynerning ta’kidlashicha, geosiyosiy voqealar va yetkazib berish tizimidagi muammolar ana shunday chora ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
14:19 / 22.12.2025