Tappi qilişga çorlov va Toşkent uçun yangi aeroport - hafta dayjesti
|14:00 / 19.10.202519 73415 min
Qiş uçun tezak ğamlaşga çaqirgan hokim: u aytgandek “gazning tagi yöq” bölsa, gaz eksporti nega töxtamayapti? Milliy poçta marketpleyslar nişonida: yangi mulkdor allaqaçon aniqmi? Yöqotilgan tramvay izidan: poytaxtning önta köçasida BRT liniyasi paydo böladi. Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari Kun.uz dayjestida.
Qiş yaqin...
Oktyabr oyi örtalariga kelib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari yakuniga yetgan bölişi kerak. Mahalliy mas’ullar qilingan işlar haqida deputatlar qarşisida hisobotlar bera boşlagan. Şunday hisobotlarning birida çekka bir tuman hokimi dilidagini tiliga çiqarib yuborib, butun respublika e’tiborini öziga qaratdi.
Gap Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov haqida ketyapti. U gaz idorasi boşliğining tuman kengaşidagi hisobotidan keyin, gapning dangalini aytib qöya qoldi: gazsiz yaşayotgan qumqörğonliklar qaçondir gaz kelişidan umidvor bölmay, qiş uçun tappi ğamlab qöyaverişi kerak.
“Mana, oddiy bir tezak, heç kim tezak qilmaydi. Tezak qilib, uylarga çalmalarni yiğib, bosib qöyib, qişda qor yoğganda ikkita taylab qöysa böladi-ku. Nimaga endi biz gaz-gaz deb qoldik? Töğri tuşuninglar: gazning tagi bölsa qani, tagi yöq-da şuning!” – dedi hokim Normamatov.
Gaz bölmasligi haqida röy-rost gapirilgani yaxşi albatta, lekin insoniyat Marsga uçiş rejalarini tuzayotgan paytda, hayvon göngini yoqib uy isitişdek ibtidoiy turmuş tarzini xalqqa ravo köriş va odamlarni şunga çaqiriş – hokim darajasidagi siyosatçining malakasini savol ostiga qöyadi.
Yodingizda bölsa, ötgan hafta Özbekistondagi eng katta kömir konlaridan biri Surxondaryoda joylaşgani va aynan surxondaryoliklar kömir oliş uçun talatöpda qolişga majbur bölayotganini aytgandik. Bu hafta esa, Özbekistondagi eng katta gaz koni ustida ötirgan surxon xalqi “gaz-gaz deyavermasdan, tezak yoqinglar” degandek tanbeh eşitdi.
Uyida gaz bölişini orzu qilayotgan surxondaryoliklar Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi”
. Hozir esa nafaqat loyihaning kelajagi, balki avariya oqibatlari bilan boğliq mas’uliyat ham savol ostida qolmoqda.
Rejadagi loyiha amalga oşmagan, boşqa konlarda esa qazib çiqariş töxtovsiz kamayayotgan, odamlar tappi yoqişga da’vat qilinayotgan şaroitda, gaz eksporti ösişda davom etyapti. Rasmiy statistikaga köra, 2025 yilning 8 oyida 500 mln dollarlik gaz eksport qilingan. Bu – bir yil oldingidan 24 foizga, ikki yil oldingidan 31 foizga köp. Çetga gaz sotişni töliq töxtatiş böyiça 5 yil avvalgi rejalar nega amalga oşmayotganiga şu paytgaça izoh berilmagan.
Bu yil yanvar-avgust oylarida 500 mln dollarlik gaz eksport qilingan bölsa, 886 mln dollarlik gaz import qilingan. Import qiymati ötgan yilning mos davridan 28 foizga kam. Şu bilan birga, Rossiyadan gaz xaridini köpaytiriş közda tutilgan. Payşanba kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Moskvada bölib, Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak bilan uçraşdi. Rossiya tomoni xabariga köra, “Gazprom” bu yil Özbekistonga 7,7 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beradi. Bu – ötgan yilgi hajmdan 2 mlrd kub metrga yoki 37 foizga köp. Lekin iste’molçilarga buning foydasi böladimi-yöqmi, aniq bir narsa deyiş qiyin: Rossiyadan gaz importi oşgani bilan, Turkmanistondan import qisqarsa yoki eksport ösişda davom etsa, içki bozordagi ta’minot darajasida ijobiy özgariş bölmasligi mumkin.
Kuni keça metan-şoxobçalarga limit qöyilgani haqidagi miş-mişlar yana öşa eski muammoni haydovçilar yodiga soldi. Rasmiylarga köra, ayrim şoxobçalarda gaz bosimi pasaygani – qişga tayyorgarlik körişdagi “profilaktika işlari” bilan boğliq bölgan. Qiziği, yil boşida Çinozda röy bergan holat böyiça sud hukmi e’lon qilinişi ayni şu holat foniga töğri keldi. Hukmga köra, Çinoz tumanida yaşovçi 33 va 40 yoşli ikki erkak metan-şoxobça oçilişiga erişiş maqsadida avtomobil yölini tösib, ommaviy tartibsizlik keltirib çiqarişga uringan deb topildi. Ulardan biri 5,5 yilga, ikkinçisi 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
UzPost bilan nimalar bölyapti?
“Özbekiston poçtasi” kutilmaganda Rossiya kompaniyasining qöliga ötgani haqidagi miş-mişlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaganidan beş hafta ötib, rasmiy OAVda ham paydo böldi. Bu haqda öz manbalariga tayanib ham Özbekistondagi, ham Rossiyadagi naşrlar yozmoqda. Xaridor (agar şunday ataş mumkin bölsa) Wildberries marketpleysi bölişi mumkin. Hukumat ham, Wildberries ham hozirça vaziyatga izoh bermay kelmoqda.
Duşanba kuni “Özbekiston poçtasi” AJning özi bayonot bilan çiqdi. Unda kompaniyaga haqiqatan ham investitsiya jalb qiliş ustida işlar ketayotgani tan olingan va “yirik investorni” jalb etiş bilan boğliq özgariş bölgan taqdirda, rasmiy xabar berilişi aytilgan. Biroq, 2025 yilgi xususiylaştiriş dasturiga zid ravişda, kompaniyaning 29 foiz aksiyalari nega ommaviy savdoga çiqarilmayotganiga izoh berilmagan.
UzPost bayonotida izohi keltirilmagan yana bir qiziq holat bor. Ma’lum bölişiça, amalga oşib bölgani aytilayotgan xususiylaştiriş kelişuvidan oldin, Toşkent şahridagi jami 50 ta poçta bölimining bino-inşootlari poytaxt hokimligi balansidan çiqarilib, “Özbekiston poçtasi” AJga berilgan. Şu bilan deyarli bir paytda, kompaniya aksiyalarining 25 foizi Milliy investitsiya jamğarmasidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkazilgan. Hozirda milliy poçta operatorining aynan qança uluşi Rossiya kompaniyasiga ötayotgani ma’lum emas.
Bu xabarlardan keyin, Wildberries'ning Özbekistondagi asosiy raqobatçisi – Uzum ekotizimi xususiylaştirişda iştirok etişga tayyorligini bildirib, Davaktivga rasmiy sörov yubordi. Poçta xizmatini boşqarişda nafaqat biznes, balki milliy manfaatlarni ham hisobga oliş kerak, deyiladi Uzum bayonotida.
Qayd etiş kerak, “Özbekiston poçtasi”ning elektron tijorat bozoridagi u yoki bu öyinçi bilan affillanişi – raqobat muhitiga salbiy ta’sir körsatmay qolmaydi. Har qanday holatda ham, bitimni rasmiylaştiriş uçun Raqobat qömitasining ruxsati kerak böladi. Monopoliyaga qarşi organ aynan şu kabi vaziyatlarda xolis bölişi uçun ham, hukumatdan mustaqilligi qonun darajasida belgilab qöyilgan.
Toşkent şahridan 115 yillik tarixga ega tramvay tizimini tugatib yuboriş katta xato bölgani yana bir bor öz isbotini topdi. Poytaxt rasmiylari bu hafta Şota Rustaveli köçasidagi kabi metrobus yölaklarini köpaytiriş uçun 10 ta lokatsiyani tanlab oldi va ulardan 8 tasi aynan sobiq tramvay liniyalari ötgan köçalar bölib çiqdi. Payşanba kungi taqdimotda aytilişiça, 2030 yilga borib Toşkent şahri jami 51 km uzunlikdagi BRT tizimiga ega böladi. Buning uçun 126 mln dollar sarflaş közda tutilyapti.
Taqdimotdan avval davlat rahbari Şota Rustaveli köçasida oçilgan BRT tarmoği faoliyati bilan tanişdi. Hafta davomida, şuningdek, Xitoyning Yutong kompaniyasi yetkazib bergan 202 ta yangi elektrobus qabul qilib olindi. Bu bilan Toşkent elektrobuslari soni 524 taga yetdi. Transport vazirligiga köra, 2026 yilda poytaxt uçun yana mingta yangi avtobus xarid qiliş reja qilingan bölib, ulardan 30 tasi “garmoşkali” tarkiblardan iborat böladi.
Metro borasida ham yangiliklar yöq emas. Ta’mirlaş işlari sabab 3-4 oydan beri yopiq qolayotgan “Mustaqillikning 30 yilligi” yöli avval aytilganidek 18 oktyabrda emas, taxminan 1 noyabrdan boşlab işga tuşadigan böldi. Metropoliten xabariga köra, ta’mirdan keyingi sinov jarayonlarini uzoqroq davom ettiriş hisobiga, poyezdlar harakatini oldingiga qaraganda 2 barobarga tezlaştiriş va oraliq vaqt intervallarini maksimal qisqartirişga erişiladi.
Eslatib ötamiz, Toşkent metrosining 14 ta bekatdan iborat yerusti halqa yöli 2017-2024 yillarda qurilgan. Xususan, “Qipçoq” va “Turon” bekatlari iyun oyida temiryöl relslari va şpallarini almaştiriş uçun yopilganida, ularning işga tuşganiga endigina 15 oy bölgandi. Budjet hisobidan qurilgan temiryölni bir yarim yilga bormasdan yangilaşga töğri kelgani kişini hayratlantiradi. Taqqoslaş uçun, 1977 va 1984 yillarda faoliyat boşlagan “Çilonzor” va “Özbekiston” liniyalari (pandemiya paytini inobatga olmaganda) oçilganidan beri biron marta yopilmagan.
Yangi aeroportga tamal toşi qöyildi
Toşkent şahri uçun yangi xalqaro aeroport qurilişiga start berildi. Davlat rahbarining sözlariga köra, Özbekiston Şarq va Ğarb, Janub va Şimolni boğlovçi yirik aviatsiya habiga aylanişni maqsad qilgan. Yangi aeroport loyihasini Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium amalga oşiradi. 4 bosqiçli loyihaning 1-bosqiçida 2030 yilgaça 2,5 mlrd dollar evaziga aerovokzal va aerodrom quriladi. Aeroport yiliga 20 mln yölovçiga xizmat körsatadi, soatiga 30 tagaça uçiş-qöniş operatsiyalari bajarilib, 14 ta teleskopik traplardan foydalaniladi.
Yangi havo bandargohi uçun Örta Çirçiq va Quyi Çirçiq tumanlaridagi 1300 gektar maydon tanlandi. Bu maydon hozirgi aeroportdan taxminan 16 km janubda, Yangiyöl şahridan 7 km şarqda joylaşgan. Xaritaga qaraganda, Örta Çirçiqdagi Yangitoş, Tinçlik va Yangihayot aholi punktlari eng yaqin lokatsiyalar bölişi mumkin. Rasmiy xabarga köra, yangi aeroportni Toşkent–Samarqand, Toşkent–Andijon va Toşkent–Böstonliq pulli avtomobil yöllariga ulaş va temiryöl stansiyasi quriş orqali, multimodal transport boğlamasi taşkil etiladi.
Pulli yöllar haqida gap ketganda, bu haqdagi qonun ötgan oyda qabul qilinib, Senatga yuborilganini qayd etiş lozim. Avtomobil yöllari qömitasining ma’lum qilişiça, pulli yöllarda 150 km/soat tezlikda harakatlanişga ruxsat beriş közda tutilgan. Hozirgi xomçötlarga köra, bunday yöllarda 100 ming söm tölov evaziga taxminan 200 km masofa bosiş mumkin böladi. Eslatib ötamiz, bir neça yildan beri aytib kelinayotganiga qaramay, hozirça heç qaysi pulli yöl loyihasi böyiça yakuniy bitimlar tuzilmagan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Buxoro şahrida turizm markazi qurilişi davom ettiriladigan böldi. Şavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kungi yiğilişda loyihani YuNeSKO talablariga töliq muvofiqlaştiriş va şaharning tarixiy qiyofasi bilan uyğunlaştiriş talabini qöydi. “Boqiy Buxoro” majmuasi xuddi Samarqanddagi analogi kabi, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, kongress-holl va etnik şaharçani öz içiga oladi. Loyiha 2023 yil boşida e’lon qilingan, YuNeSKO vakillari esa tarixiy şaharning bufer zonasiga reja qilingan majmua uçun boşqa joy tanlaşni tavsiya qilgandi. Şundan keyin viloyat hokimligi loyiha köçirilişini e’lon qilgandi. Lekin unday bölib çiqmadi: 2024 yil boşida Enter Engineering kompaniyasi avval belgilangan joyda keng kölamli buziş işlarini boşlab yuborgan, bir muddat ötib işlar töxtab qolgandi.
Namanganda xuddi kinolardagidek bola öğrilagan şaxslarga sud hukmi öqildi. Ma’lum bölişiça, 2023 yil oktyabr oyida Uyçi tumanida yaşovçi Azizbek ismli yuqori sinf öquvçisi maktab oldida öğirlab ketilgan. Öğrilikda işlatilgan Nexia maşinasi topilganida, uning egasi bölmiş taksi haydovçisi avtomobil yukxonasiga qamab ketilgan edi. Ertasiga öğrilar Azamatning otasiga Telegram'dan xabar yozib, kriptovaluta orqali 300 ming dollar bermasa, öğlini öldiriş bilan tahdid qilişadi. Lekin içki işlar xodimlari jinoiy tödaning boşliğini tutişga muvaffaq bölgaç, guruhning qolgan 3 a’zosi taslim böladi; ösmir yigit 4 kun davom etgan tutqunlikdan keyin qöyib yuboriladi. Sud jinoiy guruhning 35 yoşli boşliği Eldor Qodirovni 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Uning 25-26 yoşlardagi uçta yordamçisi esa 7 yildan 11 yilgaça muddatlarga qamaldi.
Namangandagi boşqa bir jinoyat bundan-da dahşatli. Yangiqörğon tumanida 7 yaşar qiz özining 38 yoşli pedofil qarindoşi tomonidan zörlandi. Kun.uz manbasiga köra, jinoyatçi erkak töy qilayotgan toğasining uyiga borgan payti, uning nevarasiga köz olaytirgan. Qabih işidan keyin qoçib ketib, 2 kun davom etgan qidiruv natijasida qölga olingan. Afsuski, bu holat uçun mas’uliyatning katta qismi sud-huquq tizimida deb bemalol aytiş mumkin. Çunki bu pedofil avval ham nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlarini sodir etib, ikki marta qamalgan, lekin har safar muddatidan ança ilgari qamoqdan çiqib kelavergan. Oxirgi jinoyatida 10 yilga qamalib, amalda 5 yil ötirgan va şu yil boşida sudya uning jazosini axloq tuzatiş jazosiga almaştirib bergan.
Buzuqlikning yana bir şakli Qaşqadaryoda kuzatildi. Kökdala tumanidagi 17-maktab direktori işga olişni sörab murojaat qilgan ayolga jinsiy aloqada bölişni taklif qilgani aytilyapti. Internetda tarqalgan audioyozuvga köra, ayol undan: “Çizmaçilikka bölsayam olsangiz mayli edi” deya iltimos qilgan. Maktab direktori esa: “Gapning dangali-da, sen bilan birga bölişni xohlayman” deya jinsiy aloqani taklif qilgan. Voqea internetga çiqişi bilanoq, direktor işdan haydaldi. E’tiborlisi, bu şaxs Kökdala tumani deputati ham hisoblanadi. U deputatlikka Naymansaroy mahallasidan saylangan. Tuman kengaşi kotibiyati Kun.uz söroviga javoban bu voqea etika komissiyasida körib çiqilişini ma’lum qildi. Eslatib ötamiz, ötgan oyda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligida işlovçi bir erkakning ham audiosi tarqalib ketgan, u bir ayolni jinsiy aloqa evaziga maktabga direktor qilib qöyişni taklif qilgani uçun işdan haydalgan edi.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova