Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bog‘cha bolalarining ommaviy zaharlanishiga oid ish sudga oshirildi: 11 kishi ayblanmoqda
Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Bekobod tumanlari,Nurafshon va Olmaliq shahridagi davlat bog‘chalarida qariyb 2 mingga yaqin bola ovqatdan zaharlangan. Tergovga tortilganlarning 10 nafari qamoqqa olingan, 1 nafari uy qamog‘ida.
Foto: Kun.uz
O‘tgan yil sentabr oyida Toshkent viloyatining ayrim tumanlaridagi autsorsing asosida ovqatlantiriladigan davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi kuzatilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergov boshlangandi.
Kun.uz manbalarining xabar berishicha, tergov ishlari yakunlanib, ish ayblov hulosasi bilan sudga oshirilgan. Buni Bosh prokurorning matbuot kotibi ham tasdiqladi.
Manbaga ko‘ra, tergov harakatlari davomida barcha zaxarlanish qayd etilgan 1 922 nafar tarbiyalanuvchining qonuniy vakillari so‘roq qilinib, jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan.
Sudga oid tibbiy, oziq-ovqat, kimyoviy, texnik va kompleks ekspertizalar xulosalari olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan. Ish doirasida 11 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ayb e’lon qilinib, 10 nafariga qamoqqa olish va 1 nafariga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Jinoyat ishi va ayblanuvchilarni qamoqda saqlash muddatlari Toshkent viloyat prokurori roziligi bilan 5 oyga, ya’ni 2026 yil 25 fevralga qadar uzaytirilgan.
28 yanvardan 2 fevral kuniga qadar ayblov xulosasi tuzilgan. 10 fevral kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan ayblov xulosasi tasdiqlanib, ish sudga yuborilgan.
Tergov materialariga ko‘ra, 2025 yil 24-27 sentabr kunlari Bo‘ka tumanida 540 nafar, Olmaliq shahrida 287 nafar, Piskent tumanida 529 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 469 nafar, Nurafshon shahrida 113 nafar, Quyi Chirchiq tumanida 64 nafar, Bekobod tumanida 110 nafar bola shifoxonaga murojaat qilgan, shundan 1 922 nafarida zaharlanish qayd etilgan, qolgan 190 nafari boshqa tashxislar bilan murojaat qilgan.
Mavzuga oid
20:38 / 11.12.2025
Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi
17:20 / 01.10.2025
Ommaviy zaharlanish yuz bergan bog‘chalar 2 oktyabrdan qayta ochiladi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
10:37 / 29.09.2025