Ötgan yil sentabr oyida Toşkent viloyatining ayrim tumanlaridagi autsorsing asosida ovqatlantiriladigan davlat boğçalarida bolalarning ommaviy zaharlanişi kuzatilgandi. Holat yuzasidan jinoyat işi oçilib, tergov boşlangandi.
Kun.uz manbalarining xabar berişiça, tergov işlari yakunlanib, iş ayblov hulosasi bilan sudga oşirilgan. Buni Boş prokurorning matbuot kotibi ham tasdiqladi.
Manbaga köra, tergov harakatlari davomida barça zaxarlaniş qayd etilgan 1 922 nafar tarbiyalanuvçining qonuniy vakillari söroq qilinib, jabrlanuvçi va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan.
Sudga oid tibbiy, oziq-ovqat, kimyoviy, texnik va kompleks ekspertizalar xulosalari olinib, iş hujjatlariga qöşilgan. Iş doirasida 11 nafar şaxsga Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) va 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan ayb e’lon qilinib, 10 nafariga qamoqqa oliş va 1 nafariga uy qamoği ehtiyot çorasi qöllangan.
Jinoyat işi va ayblanuvçilarni qamoqda saqlaş muddatlari Toşkent viloyat prokurori roziligi bilan 5 oyga, ya’ni 2026 yil 25 fevralga qadar uzaytirilgan.
28 yanvardan 2 fevral kuniga qadar ayblov xulosasi tuzilgan. 10 fevral kuni Toşkent viloyati prokuraturasi tomonidan ayblov xulosasi tasdiqlanib, iş sudga yuborilgan.
Tergov materialariga köra, 2025 yil 24-27 sentabr kunlari Böka tumanida 540 nafar, Olmaliq şahrida 287 nafar, Piskent tumanida 529 nafar, Oqqörğon tumanida 469 nafar, Nurafşon şahrida 113 nafar, Quyi Çirçiq tumanida 64 nafar, Bekobod tumanida 110 nafar bola şifoxonaga murojaat qilgan, şundan 1 922 nafarida zaharlaniş qayd etilgan, qolgan 190 nafari boşqa taşxislar bilan murojaat qilgan.

















