Oqqörğon, Piskent, Böka va Quyi Çirçiq tumanlaridagi davlat boğçalarida yuzlab bolalar zaharlangan. Rasmiylar bu borada aniq ma’lumotni bermayotgan vaqtda manbalar zaharlanganlar mingdan oşganini aytmoqda. Kasalxonalarga siğmagan bolalar qöşni tuman kasalxonalariga yönaltirilyapti. Bemor bolalarda dard isitma, köngil aynişi, qon aralaş iç ketişi bilan keçmoqda. Kun.uz muxbiri Piskent va Oqqörğon tumanlarida bölib tafsilotlarni örganişga urindi.

“Buguni bilan 10 marta içi ketdi” – Piskentdagi holat

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent hamda Böka tumanlarida boğça bolalari ovqatdan zaharlanib, şifoxonaga tuşib qolganiga oid video va rasmlar tarqalgaç, Kun.uz muxbiri dastlab Piskent tumani tibbiyot birlaşmasida bölib, bolalarning ota-onalari bilan suhbatlaşişga harakat qildi.

Aksariyat onalar farzandida isitma, iç ketişi, qayt qiliş holatlari kuzatilganini, bu boğçadan qaytgaç yuzaga kelganini aytdi. Quyida suhbatdan ayrimlari keltiriladi.

“Keça [24 sentabr kuni] boğçaga jönatdik, ertalab nonuştasini qilgan, tuşda ovqatini yemabdi, mazasi bölmay boşlabdi. Keyin uxlabdi, uyqudan turganidan keyin issiği çiqib, boşi oğrib yiğlabdi. Söng boğça opasi telefon qilib: “şunaqa mazasi bölmayapti, olib ketinglar” deb aytdi. Keyin borib olib keldik, uyga kelgaç issiği baland, boşida oğriği bor edi, içi ketdi.

Issiği tuşişi rosa qiyin böldi. Uyda özimiz isitma tuşiradigan dori berdik. Issiği tuşmadi, içi ketaverdi, keyin bu yerga şifoxonaga olib keldik. Birinçi yordamlarni körsatişdi, tonggi 3 larga yaqin issiği tuşdi. Hozir sal yaxşi, iştahasi oçilib, kuç-quvvatga kirib qoldi.

Bir kun oldin faqat kefir bilan pirog yegan, ertasi kuni tuxumli omlet yedim dedi, şu bilan obedda ovqat yemagan. Nimadan ekani aniqmas hali”, – deydi tumanning 6-boğçasiga farzandini bergan ona.

“[24 sentabr kuni] soat 16:00 larda telefon qilişdi, köçada iş bilan qaytayotgandim, bordim, keyin [qizimni] olib qaytsam, isitmalagan. Isitma bilan uyga qaytdik. Bolamning özidan sörasam, u ham kefir bilan ozgina buloçkami yegan ekan, şuni orqasidan deb öyladik. Hozirça aniq taşxis qöyilmadi.

Uyga bordik, ozgina qayt qildi, keçqurun isitmasi tuşmadi, biz ham tabletka berdik. Keyin keçqurun qarasak, bölmaydigan, olib keldik. Hamma qatori kelsak, köpçilik zaharlangan şekilli”, – deydi otalardan biri.

“Ertalab uydan yaxşi holatda 3-boğçaga çiqib ketgan. Soat 16:00 da bolani olayotganimizda issiği çiqqan, men uydan kelsam, bolaning isitmasi 39 daraja. Keyin özim “sveça” qöydim, men tomoği oğriyapti deb öyladim. Keyin qayt qildi, keyin içi ketdi. Keyin hamşiramiz telefon qildi, öğlimni ahvolini söradi. Şunaqa bölyapti dedim, bolada zaharlaniş boşlangan, tez şoşilinçga olib kelişimni söradi, olib kelsam şunaqa. Keçquruni bilan 39 daraja böldi, buguni bilan 10 marta içi ketdi.

Bola zaharlangan, bular ertalab sut bilan tuxumli omlet bergan deyişyapti. Şuni öğlim ozgina içdim, aççiqroq edi deyapti. [Öğlim sutli mahsulotlarni] yaxşi qabul qiladi, hammasini içadi, kaşalarni ham yaxşi köradi. 4 nafar farzandim ham davlat boğçasiga borgan bölsa, bunday narsa bölmagan. Mana 4-farzandimda şuni kördim”, – deydi yana bir ona.

Piskent tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi boşliği Mohira Ubayxonovaning aytişiça, Piskentda jami 23 ta davlat boğçasi bölsa, 24 sentabr keçasida şuning 15 tasidan bolalar qayt qiliş va iç ketiş simptomlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ularning soni 100 nafardan ziyod.

“Biz zudlik bilan laboratoriya, işçi guruhlarni şay qilib, sanitar-epidemiologik suriştiruv işlarini boşladik. Har bir boğçada [ovqat] autsorser tomonidan ta’minlanadi, har bir boğça hamşirasi, oşxonasi tomonidan sutkalik ovqat sinamalari olib qolinadi. Ovqat sinamalarini nazoratga oldik, örnatilgan tartibda tekşiriş jarayonlarini boşladik.

Barça murojaat qilgan bolalarga birinçi yordam beriş işlari olib borilmoqda. Murojaatlar kamaydi, yaxşilaniş holatlariga ötib bormoqda”, – dedi u.

Sanepid xodimining qöşimça qilişiça, bolalardagi simptomlar ovqatdan zaharlaniş bölib çiqişi ham mumkin. Yanayam 3 kundan 5 kungaça laboratoriya tahlillarining natijasi çiqsa, vaziyat oydinlaşişi ta’kidlandi.

“Nabiramning içi qonga öxşab ötyapti” – Oqqörğondagi holat

Piskent tumanidan keyin Kun.uz Oqqörğon tibbiyot birlaşmasida ham bölib, vaziyatni örganişga urindi. Ammo holatni suriştirişda bir qança tösqinliklar yuzaga keldi.

Biroz tortişuvlardan söng jamoa bilan tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimini topişga muvaffaq böldik. Joyda tuman hokimi Töra Bobolov hamda bir qança mas’ullarga közimiz tuşdi.

Ularning ma’lumotiga köra, Oqqörğonda jami 20 ta davlat MTT mavjud, unda 3 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. Bir sutka bölmasidan şifoxonaga 210 ga yaqin murojaat bilan ota-onalar öz farzandlarini olib kelişgani aytildi.

“Keça [24 sentabr] keçasi 5 ta boğçadan murojaat qilişdi, soat 22:00 larda ötkir diareya bilan boşlandi. Lekin oğir bemorlar yöq, ovqatdan zaharlaniş deb bölmaydi bu holatni, çunki buni laboratoriya tahlillari aytadi. Barça mahsulotlardan sanepid qömitaning laboratoriyasiga analizlar olindi, bolalarning hammasi malakali mutaxassislar nazoratida. Oğir bemorlarimiz qayd etilmadi. Holatlari qoniqarlilariga uylariga javob berilyapti. Palatada 64 nafar bola yotibdi. Ularning hammasida holat qoniqarli, keçgaça javob beriladi”, – dedi Oqqörğon tumani sanepid bölimi boşliği Zuhra Dostonova.

Qayd etilişiça, yuqumli kasalliklar bölimi binosi 82 nafarga möljallangan bölib, hozir töliq quvvatda işlamoqda, ayrim ota-onalar farzandlarini boşqa şifoxonaga olib ketişga majbur bölgan. Rasmiylar bu holatni ambulator tartibda davolanişdagi bemorlar ham şu bölimda qolgani bilan izohlaşdi.

Jamoa bilan vaziyatni içkariga kirib örganişga urindik, ammo rasmiylarning qarşiligi sabab buning imkoni bölmadi. Ota-onalarga köra, bolalarning holati stabil emas, ular bundan qattiq xavotirda.

“Tinimsiz içi ötib yotibdi. Zaharlaniş deyişyapti. Men boşida tomoğimi deb öyladim, keyin qöşnilar zaharlaniş bölganini aytişdi. Mana endi şifoxonama-şifoxona yuribmiz endi, keçadan beri yuguramiz”, – deydi onalardan biri.

“Soat 17:00 larda nabiram boğçadan keldi. Kefir içibdi, keyin içim-içim dedi. Keyin qaynoq suv berdim, u qildim, bu qildim, [tungi] soat 2 da harorati 38-40 darajaga çiqib ketdi. Qayt qildi, şunaqa qilib infeksionniyga çopib keldik. Heç kimning bolasi bunday vaziyatga tuşmasin ekan, özim nima qilişni bilmay qoldim. [Nabiram kefirni] 1-boğçada içgan.

Öziga keldi, harorati tuşdi, Xudoga şukr. Lekin öşa kefirni tekşiradigan SES xodimlaridan xafa böldim. [Mahsulotning] har kungi holatini tekşirmaydimi, hozir hamma yerda trevoga bölib yotibdi”, – deydi buvilardan biri.

“Içi ötdi, oyoqlari işlamay qoldi, tuni bilan bola bilan olişib rosa qiynaldik. Keyin ertalab öğlimga dorixonadan dori olib kelişini aytsam, dorixonadagilar zaharlanganini aytib, şu yerga jönatişdi. Şu yerga qarab keldik. Isitmasi endi tuşdi, şundayam sal içi ketib turibdi. Endi bu holatga keliş rosa qiyin-da, ayniqsa buvilar uçun. Şunga qiynaldik”, – deydi yana bir buvi.

“Şaxsan men xavotir olyapman, [nabiramning] içi qonga öxşab ötyapti. Qizim ham hozir stressda. Boğça bilan gaplaşdik, biz javob bermaymiz deyişdi, tadbirkorlarga berilgan ekan, mahsulotlarni ular olib kelarkan, olib kelinganini pişirişar ekan”, – dedi 6-boğça tarbiyalanuvçisining buvisi.

Neçta bola zaharlangani hanuz oçiqlanmadi

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, hozirda boğçalarning oşxonalari közdan keçirilib, bolalar sutkalik iste’mol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tekşirilmoqda. Viloyat boşqarmasi vakillari qömitaga tafsilotlarni hali bermagan.

Bolalar ombudsmaniga köra, holat yuzasidan 25 sentabr kuni Toşkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining dastlabki xabarida zaharlaniş Piskent va Böka tumanlaridagi boğçalarda kuzatilgani, bunga Oqqörğon tumanidagi sexlarning birida işlab çiqarilgan kefir sabab bölgan bölişi mumkinligi aytilgandi.

Keyinroq vazir boşçiligida ötgan tekşiruvlarda Quyi Çirçiqdan 12 nafar, Oqqörğon tumanidan 97 nafari – jami 109 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani ma’lum böldi.

Piskent va Böka tumanlaridagisi esa oçiqlanmagan. Ta’kidlanişiça, u yerdagi tarbiyalanuvçilar körikdan ötkazilmoqda, «hozirgaça bolalar soğliğiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmagan».

Hozirda Toşkent viloyatining neçta tumanida qança bola bilan şunday zaharlaniş bölgani ma’lum emas, heç bir rasmiy bu borada aniq raqamlarni oçiqlaganiça yöq. Tahririyatning manbalariga köra, Piskent, Böka, Oqqörğon hamda Quyi Çirçiqda zaharlanganlar soni mingdan oşgan.

Ma’lumot uçun, Toşkent viloyatidagi barça davlat boğçalarini ovqatlantirişga mas’ul autsorserlar şu yil avgust oyida ötgan tender asosida yangilangan. Şunga muvofiq, Piskentga Governess Business MÇJ, Oqqörğon hamda Quyi Çirçiqqa Nishon Invest MÇJ, Bökaga esa Innavation-Outsourcing-service MÇJ mas’ul qilingan.

Kun.uz bundan avvalroq Samarqand viloyatidagi autsorserlar tomonidan boğçalarga hidlangan göşt tarqatilgani, keyinroq esa autsorsing tizimida korrupsion elementlarning ehtimoliy aralaşuvi borligi haqida körsatuvlar tayyorlagandi. Bu ikki keysda ham na Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, na huquq-tartibot idoralari rasmiy munosabat bildirişmagandi.