Respublikaning deyarli barça hududlarida davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlaş autsorsing firmalarga taqsimlanmoqda. Xöş, tenderlar qanday ötdi, uni yutganlar va yutolmaganlar nima deyişmoqda? Kun.uz suriştiruvida şu haqda söz boradi.

Hukumatning şu yil yanvardagi 1-son qarori asosida davlat boğçalari autsorsing asosida ovqatlantirilişi tartibi belgilandi. Yangi tartib bilan avgust oyida joylarda tenderlar ötkazildi.

Iştirokçilar iş tajribasi, moliyaviy qarzdorliklari, insofsiz ijroçilarning yagona reyestrida bor yoki yöqligi, texnik topşiriq va tender hujjatlari talablariga mosligiga qarab tanlanadi.

Bir qaraşda hammasi risoladagidek, qonun asosida, şaffof va töğri ötgandek körinişi mumkin. Ammo mana şu tenderda qatnaşgan tadbirkorlardan biri ayrim viloyatlarda yaşirin işlar bölayotganini iddao qilmoqda. Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan audioda tenderlar korrupsion elementlarning ehtimoliy aralaşuvi bilan ötganiga işora beradi.

Tender şartlari buzilganmi?

Yaqinda Samarqandning davlat boğçalariga muzlatilgan va sifati buzilgan göşt mahsulotlari tarqatilgani ma’lum bölgandi. Tahririyat muxbiri vaziyatni örganiş çoğida bolalarga muzlatilgan göşt beriş mumkin emasligini, bu amaldagi Sanpin qoidalariga zid ekanini aniqlagandi.

Qolaversa, ta’minotçi korxona (autsorsing) vakili mudiraga bosim qilib, “kerak bölsa boşqa narsa ham berasiz”, degani ham kuzatilgan.

2021 yildan beri 20 ta boğçaga autsorsing xizmatini körsatib kelgan va şaxsi sir qolişi şarti bilan intervyu bergan fuqaroga köra, respublikaning deyarli barça hududlarida autsorserlarga şunday işlaş topşiriği berilgan.

Suhbatdoşimiz bu yil avgust oyida ötgan tenderda ğolib çiqa olmaganini aytarkan, qoidalar tanlov jarayonidayoq buzilganini bildirdi.

“Tender talabi böyiça biz 100 foiz hamma hujjatni qilib topşirganmiz. “Zalogoviy” summasi va içida söraydigan [hujjatlari bor]. Tenderga qatnaşadigan iştirokçiga qöyilgan talabda autsorsingda işlagan bölişi kerak, degan joylari bor. Çunki bizning firmamiz işlab turgan. Işlab turgan joyimizdan biz kiryapmiz. Lekin bizga nol ball berib, çiqarib yuboryapti. Nima asos? Biz bu böyiça murojaat qildik, heç kim javob ham bergani yöq.