Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Behzod Normatov yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi
Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” sobiq raisi, fevraldan buyon Administratsiyada shu’ba mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan Behzod Normatov prezident maslahatchisi etib tayinlandi. Bu lavozim yarim yil oldin Alisher Sultonovning iste’fosidan keyin bo‘sh turgan edi.
Behzod Normatov (arxiv foto)
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan, Behzod Rahmatullayevich Normatov davlat rahbarining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Ushbu lavozim 2025 yil dekabr oyida Alisher Sultonov ishdan olinganidan buyon bo‘sh qolayotgan edi.
Muqaddam energetika vaziri o‘rinbosari, “O‘ztransgaz” raisi lavozimlarida ishlagan Behzod Normatov joriy yil fevralidan buyon Prezident administratsiyasida shu’ba mudiri sifatida ish boshlagandi.
Behzod Normatovning mehnat faoliyati:
- 2019 yil dekabr oyigacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
- 2019 yil dekabrida Energetika vazirligida Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
- 2020 yil aprelida energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan.
- 2021 yil avgustida “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.
- 2023 yil yanvarida prezident tanqidiga uchrab, o‘sha yil fevral-mart oylarida (iste’fo haqida ma’lum qilinmagan) “O‘ztransgaz” raisligidan bo‘shatilgan.
- Shundan so‘ng tog‘-kon va geologiya vaziri maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
- 2026 yil fevralida Prezident administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri etib tayinlangan
Mavzuga oid
16:10 / 13.05.2026
BP Ustyurtdagi yirik gaz loyihasiga qo‘shildi
17:23 / 12.05.2026
Quyosh paneli o‘rnatgan korxonalardan elektrning xarid narxi pasaytirilishi mumkin
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026