Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi Respublika baynalmilal madaniyat markazi Do‘stlik saroyiga aylantiriladi
Dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasizlik bosh ko‘tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda. Ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub insonlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday fikr bildirdi: "Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta'limi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla», «Nuroniy» jamg‘armalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa ko‘plab tashkilotlar, o‘ylaymanki, madaniyat va ma'rifat, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi zarur. Bu bugun bizning barchamiz uchun hayotiy muhim vazifadir".
Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari Toshkent shahriga ko‘rk qo‘shib turgan, ilgari «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan Bobur ko‘chasidagi binoni Respublika baynalmilal madaniyat markaziga berish va uni Do‘stlik saroyi deb nomlashni taklif etdi. Mazkur binoni rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirishni ko‘zda tutadigan tegishli hukumat qarorini qabul qilinishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026