Jahon | 16:29 / 07.12.2018
9078
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya AQShdan 300 mln dollarlik zenit raketalari sotib oladi

Foto: Foto: AP Photo / Ahn Young-joon

Janubiy Koreya uchta esminetsini Aegis havo hujumidan mudofaa tizimi bilan jihozlash uchun Amerikaning SM-2 zenit raketalarini sotib olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligining qurol va harbiy texnika sotib olish bo‘yicha boshqarmasi xabar qildi. 

SM-2 raketalari KDX-III Batch-I toifasidagi yangi qurilayotgan jangovar kemalar uchun qo‘shimcha ravishda sotib olinadi. Raketalar narxi 304 mln dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, boshqarma Hanwha koroporatsiyasi tomonidan 230-kalibrli "Chxunmu" tizimi uchun reaktiv snaryadlar ishlab chiqarilishini ma'qullagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid