Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Shuningdek, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Foto: Flickr
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishida «Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Shuningdek, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
— Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga voyaga yetmaganlar himoyasi yuzasidan qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, — dedi fraksiya a’zosi Sayyora Imomova. — Shuningdek, voyaga yetmaganlarni jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida so‘roq qilish muddatlari ham aniq belgilanmoqda. Ya’ni, davomiyligi 1 kun etib belgilanyapti. Shu bilan birga, bu jarayonlarda ularga javobgar shaxslar ham birgalikda ishtirok etishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasi voyaga yetmagan farzandlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ta’kidlanishicha, bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishiga qaramay, bu boradagi nomaqbul harakatlar kamaymayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 8 oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyati 36 foizga ortgan.
Mavzuga oid
12:20 / 25.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
14:27 / 23.12.2025