Ohangaronda manzil koloniyasidan qoçib, 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zörlagani aytilgan M.T.ga oid jinoyat işi sudga çiqdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, jinoyat işi JIB Ohangaron şahar sudida körib çiqilmoqda. 1994 yilda Farğona viloyatida tuğilgan M.T. voyaga yetmagan jabrlanuvçi, 9 yoşli S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqiladi. Sud jarayoni yakuni böyiça qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.
Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasida jazo muddatini ötayotgan M.T. 16 oktyabr kuni “P.B.” korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida “noma’lum tomonga ketib qolib”, yoş qizni zörlagani aytilgandi. U şu kunning özida protsessual tartibda uşlangan va qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

















