Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori loyihasi: «Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazi tashkil etiladi
Foto: Shutterstock
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyat hokimligining O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi qoshida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar innovatsion texnoparkini o‘z ichiga olgan “Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi o‘quv kurslarini tashkil etish;
maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun Bolalar innovatsion texnoparkini tashkil qilish va faoliyatini ta'minlash;
Sirdaryo viloyatida kichik ishlab chiqarish tadbirkorlik sub'yektlarini tashkil etishga ko‘maklashish va marketing sohasida bilim berish;
yoshlarda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, biznesni yuritish qoidalarini o‘rgatish va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
qulay muhitda yosh tadbirkorlarning biznesini yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish;
zamonaviy axborot va innovatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda o‘qitishni tashkil etish;
o‘quv kurslarini tamomlagan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun investorlarni topishga ko‘maklashish;
zamonaviy bilimlar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda futuristik dunyo qarashni shakllantirish.
Markazni joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 86-uyda joylashgan Pedagogika kollejiga qarashli bo‘lgan 1- va 2-son talabalar yotoqxonasi binolari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy Markazga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbasi sifatida quyidagilar belgilanadi:
xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar va kreditlar;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025