Jahon | 11:47 / 21.10.2020
3623
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada komendantlik soati joriy etilishi kutilmoqda

Ispaniyaning ayrim hududlarida COVID-19 tufayli cheklovlar o‘rnatilmoqda. Xususan, Burgos va Aranda-de-Duero (Kastiliya-Leon) o‘rtasida aloqa cheklangan, Aragonda barlar va restoranlarning ish vaqtiga cheklov qo‘yilgan, kechqurungi soat 10dan ertalabki soat 8gacha alkogol mahsulotlari sotish taqiqlangan. Kataloniyada 24 soat davomida ishlab keluvchi muassasalarning ish vaqti kechqurungi soat 10da to‘xtatiladi va ish ertalabki soat 7dan erta boshlanmaydi.

Foto: Reuters

Ispaniya hukumati koronavirusga chalinganlar soni kun sayin ortib borayotgani tufayli ba'zi hududlarda komendantlik soati joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha eng yomon bo‘lgan mintaqalarda, jumladan, poytaxt Madridda ham karantinni kuchaytirishni rejalashtirgan. Ayrim hududlarda komendantlik soati joriy etilishi ham mumkin. Bu mahalliy darajada ko‘rib chiqiladi, ammo qarorlarsiz hukumat harakat qila olmaydi.

Komendantlik soati joriy etish uchun favqulodda holat holatini qaytarish talab etiladi. Bu qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan parlamentda esa partiyalar o‘rtasida kelishmovchiliklar avj olgan.

Ispaniyada 20 oktabr kuni 13,8 mingdan ortiq yangi kasallanish holati qayd etilgan. Yoz davomida vaziyat barqaror bo‘lib turgandi, so‘nggi haftalarda esa kunlik holatlar soni muttasil ravishda o‘smoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada koronavirus tufayli butun provinsiyalar alohidalangan. Pandemiya boshidan buyon 650 mingdan ortiq aholiga ega bo‘lgan Navarrada 25,8 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan.

Shuningdek, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Ibitsada koronavirus tufayli cheklovlar o‘rnatilgan. 

Mavzuga oid

E`lonlar