Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes NATO davlatlarining mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigaça oşiriş majburiyatiga qöşilişdan boş tortdi, deb xabar berdi Reuters 19 iyun, payşanba kuni siyosatçining NATO boş kotibi Mark Ryuttega yöllagan maktubiga tayanib.
Madrid 5 foizlik tösiqni «farovonligimiz va dunyoqaraşimizga» mos kelmaydi deb hisoblaydi, deya ma’lum qil Sançes. «5 foizlik maqsad böyiça majburiyat nafaqat noörin, balki samarasiz ham böladi», deb yozgan Ispaniya boş vaziri. U yangi majburiyat «Yevropa Ittifoqining xavfsizlik va mudofaa tizimini mustahkamlaş böyiça davom etayotgan sa’y-harakatlariga» tösqinlik qiladi, deb hisoblaydi.
Siyosatçi NATOdan xarajatlar maqsadini ixtiyoriy qilib qöyadigan yoki Ispaniyani uni qöllaşdan ozod qiladigan «köproq moslaşuvçan formula» talab qildi. Sançesning sözlariga köra, Madrid Ispaniya armiyasining taxminiy investitsiya ehtiyojlarini qondiriş uçun yalpi içki mahsulotning 2,1 foizini sarflaşni rejalaştirmoqda.
NATO boş kotibi va Niderlandiya sobiq boş vaziri Mark Ryutte Haagadagi NATO sammiti oldidan NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatlari uluşini oşirişga qattiq urinmoqda. Uning taklifiga köra, 2032 yilga borib, NATO mamlakatlari yalpi içki mahsulotining kamida 3,5 foizini mudofaaga va kamida 1,5 foizini mudofaa bilan boğliq infratuzilmaga sarflaşini közda tutadi. Bu ğoya allaqaçon AQŞ, Germaniya va Niderlandiya tomonidan qöllab-quvvatlangan.












