Light | 23:35 / 06.03.2018
46184
3 daqiqa o‘qiladi

Sevimli multfilm qahramonlarimizdan 14 dono maslahat

Shunday hikmatli so‘zlar borki, ularni qachonlardir eshitganmiz, lekin ma'nosini anglamaganmiz. Bolaligimizdagi multfilm qahramonlari ham u yoki bu so‘zni bekor aytmagani, bu so‘zlar bolalarni ezgulikka chorlaganini ulg‘aygach anglay boshlaganmiz. "Layfxaker" sevimli multqahramonlar tilidan aytilgan dono maslahatlar bilan bo‘lishdi.

1. Kuzyaning sarguzashtlari

Uyingda hamma o‘z joyida bo‘lsa - shuning o‘zi katta baxt!

Qarg‘a

2. Prostokvashinodan uchovlon

— Uyda ham itlar, ham mushuklar, ham do‘stu birodarlar, ham o‘yin-kulgu bo‘lishi kerak. Shunda bolalar yo‘qolmaydi.

Fyodor amakining ota-onasi

3. Qirol Sher

Dovyuraklik — ko‘ngilsizliklarni atayin izlash kerakligini bildirmaydi.

Mufasa

4. Dyuymchaxon

Hechqisi yo‘q, baxtdan hech kim o‘lgan emas!

Sichqoncha

5. Vinni-Pux mehmonga ketmoqda

Mehmonga borish — oddiy ish emas! Mehmonga ketayotganimizda asosiysi o‘zimizni hech narsa istamayotgandek tutish.

Vinni-Pux

6. Sohibjamol va maxluq

Uyalib o‘tirishga vaqt yo‘q. Siz dovyurak va jasur bo‘lishingiz kerak.

Lyumer

7. Maugli

Dunyo naqadar ajoyib ekanini qara! Shunday paytlarda kapalak yoki gul bo‘lib tug‘ilmaganimdan afsuslanaman.

Kaa

8. Kapitan Vrungel sarguzashtlari

Kemani qanday nomlasangiz, shunday suzadi.

Kapitan Vrungel

9. Kung-fu Panda

Hech qanday sir yo‘q. Qandaydir ajoyib ishga qo‘l urish uchun uning ajoyib ekaniga ishonish kerak.

Janob Ping

10. Mushuk Leopold xazinasi

Bolalar, keling ahil bo‘lib yashaylik!

Mushuk Leopold

11. Plastilinli qarg‘a

Qurilish ketayotgan yoki yuk osilgan joyda turmang, sakramang, qo‘shiq kuylamang, raqsga tushmang.

12. Jasorat

Ba'zilar taqdir bizga bog‘liq emas, biz unga o‘z hukmimizni o‘tkaza olmaymiz deyishadi, biroq men shuni aniq bilamanki, taqdirimiz bizning ichimizda yashaydi. Uni ko‘ra bilish uchun jasorat kerak.

Merida

13. Uchinchi sayyora siri

— Inson — tabiat qiroli.

— Afsuski, jonivorlar buni bilishmaydi, — ular bilimsiz.

Alisa va professor Seleznyov

14. Bolakay va Karlson

Xotirjamlik va faqat xotirjamlik!

Karlson

 

Mavzuga oid