Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutlik bolakayni haqiqatan ham otasi urganmi?
Buvisining aytishicha, bolakay otasining uyidan ko‘zi ko‘kargan holda qaytgan, kim urdi degan savolga esa “dadam”, deb javob bergan. Otasi esa bola yiqilib tushganini aytyapti. IIB tekshiruv o‘tkazib, otaning gapi rost degan xulosaga kelgan. Tafsilotlar – Kun.uz muxbirining Urgutdan tayyorlagan reportajida.

Ijtimoiy tarmoqlarda otasi tomonidan kaltaklangani aytilayotgan bolakayning videosi tarqaldi. Videoda ko‘zi ko‘kargan o‘g‘il bola “Kim urdi?” degan savolga “dadam” deb javob bergan. Bu voqea Urgut tumanida kuzatilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda vaziyat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish maqsadida Urgutda bo‘lib, bolakayning yaqinlaridan intervyu oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolakayning ota-onasi bir yarim yildan buyon birga yashashmaydi. Uning otasi Ahmad Hamdamov sud qaroriga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan bolalarni uyiga olib ketadi. Biroq 2023 yil 29 oktyabr kuni bolakay otasining uyidan yuz-ko‘zlari ko‘kargan holatda qaytgan.
Bolaning buvisi Malohat Haqnazarova bir yarim yil avval qizi uch bolasi bilan ota uyiga qaytib kelganini bildirdi. Qizi va kuyovi rasman ajrashishmagan bo‘lsa-da, birga yashashmaydi. Bolalar uchun aliment belgilangan. Kuyov haftada bir marta bolalarini olib ketish huquqiga ega.
“O‘sha kuni nabiram yuz-ko‘zlari ko‘kargan holatda uyga keldi. Yuziga nima qilganini so‘radim. Dadam urdi, hech kimga aytma, deb tayinladi, deb javob berdi. Shundan keyin nabiramning holatini videoga olib, kuyovimga gapi o‘tishi mumkin bo‘lgan qarindoshlariga tashlab berdim. Bolani aynan kuyovim urganmi-yo‘qmi, bilmayman. Ammo bu holat birinchi marta kuzatilmayapti. Kuyovim qizimni ham, bolalarini ham bir necha marta kaltaklagan”, – dedi Haqnazarova.
Bolakayning otasi Ahmad Hamdamov o‘g‘lini urganini rad etib, u yiqilib tushganini aytmoqda.
“Xaqiqatan ham haftada bir marta farzandlarimni uyga olib ketaman. O‘g‘limni urishga asosim yo‘q. O‘sha kuni yiqilib tushib, yuz-ko‘zlariga jarohat yetkazibdi. Shifoxonaga ham o‘zim olib bordim. O‘sha voqeaga guvoh bo‘lganlar ham bor. Ichki ishlar xodimlari suhbatlashdi, vaziyatga oydinlik kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda meni bolasini urdi, deb video tarqatgan insonlarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rayman”, – dedi Hamdamov.
Yuqori Kalangar MFY xotin-qizlar faoli Mehri Yorboboyeva ushbu oilani yarashtirish uchun bir necha marta harakat qilingani, lekin natija bo‘lmaganini aytdi. Ahmad Hamdamov xotini bilan yashash istagi yo‘qligini bildirgan, lekin xotini yarashib ketishlariga umid qilib kelmoqda.
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayevning ma’lum qilishicha, IIB o‘tkazgan tekshiruv bolakay haqiqatan ham yiqilish oqibatida tan jarohati olganini aniqlagan. Asos bo‘lmagani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.
Sa’dullayevning qo‘shimcha qilishicha, bu vaziyat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on xabar tarqatganlarni aniqlash va tegishli tartibda chora ko‘rish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Isomiddin Po‘latov,
Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

09:33 / 12.06.2025
“Tashqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilishga urinish qonunchilikka mutlaqo zid” – Qishloq xo‘jaligi vazirligi

13:21 / 28.05.2025