Qişloq xöjaligi vazirligi Urgut tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalri böyiça örinbosari Zuhriddin Amonovning fermerlarga qarata aytgan “ekişni xohlamaganlar yeri xitoyliklarga beriladi” mazmunidagi ogohlantiruviga munosabat bildirdi. Unda amaldorning gap sözlari vazirlik siyosati va prinsiplariga töğri kelmasligini ma’lum qilingan.
“Birinçidan, “Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunning 3-moddasiga muvofiq, fermer xöjaligi — bu ijara asosida yer uçastkalaridan foydalanib, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi va qonun bilan taqiqlanmagan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subekti hisoblanadi. Şuningdek, mazkur qonunning 22-moddasida fermer xöjaliklari faoliyatiga davlat organlari, boşqa taşkilotlar yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan aralaşiş taqiqlangani qat’iy belgilab qöyilgan.
Ikkinçidan, Yer kodeksining 24-moddasiga asosan, yer uçastkasini ijaraga beriş şartnomasini muddatidan oldin bekor qiliş faqat taraflar özaro kelişuvi asosida yoki sud qaroridan kelib çiqib amalga oşirilişi mumkin. Demak, har qanday taşqi bosim, tahdid yoki majburlaş orqali fermerlarni yerdan mahrum qilişga uriniş — amaldagi qonunçilikka mutlaqo ziddir.
Uçinçidan, Yer kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi hududidagi yerlar davlat mulki hisoblanadi. Yer bilan boğliq mulkiy munosabatlar qat’iy tartibga solingan bölib, xorijiy fuqarolar yoki yuridik şaxslarga yerni mulk huquqi asosida beriş taqiqlangan. Şu bois, xitoylik fuqarolar yoki kompaniyalarga yer ajratilişi haqidagi bayonotlar asossiz, qonunga zid va haqiqatga töğri kelmaydi”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Şuningdek, vazirlik amaldorning videomurojaatida aytilgan ayrim gap-sözlar Qişloq xöjaligi vazirligining siyosat va prinsiplariga, şuningdek, mamlakat qonunçiligiga zid ekanini, mazkur holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan huquqiy baho beriş çoralari körilayotganini bildirgan.
Vazirlik barça fermer xöjaliklari, agrofirma va agroklasterlar uçun tinç, barqaror va qonuniy faoliyat yuritiş imkonini ta’minlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, adolatli va teng munosabatda böliş tamoyillariga qat’iy sodiqligini ta’kidlagan.
“Barça fermer va tadbirkorlarni öz huquq va manfaatlarini bilişga, noqonuniy aralaşuvlarga qarşi qonuniy çoralar körişga çaqiramiz. Bunday holatlar yuz berganda, Qişloq xöjaligi vazirligiga yoki prokuratura organlariga murojaat etişingizni söraymiz”, deyiladi munosabatda.
Vazirlik investitsiya jalb etiş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş muhim vazifa ekanini, biroq bu jarayonlar faqat ixtiyoriylik, qonuniylik va tenglik tamoyillari asosida amalga oşirilişi şartligini bildirgan

















