17 iyun kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, fuqarolik işlari böyiça Urgut tuman sudi raisi Timur Rustamov boşqaruvidagi Nexia-3 tuman IIB binosi oldida (Boğişamol mahallasi hududidan ötuvçi 4R-47 avtomobil yölining 61 kilometrida) yuk maşinasi bilan töqnaşgan. YTH oqibatida sud raisi oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB hozirça uşbu YTH böyiça rasmiy ma’lumot bermadi.

Timur Rustamovning vafotini Sudyalar oliy kengaşi ham Kun.uz’ga tasdiqladi. Kengaş marhumning yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari  olib borilmoqda.

Ma’lumot uçun, Timur Rustamov 2022 yil dekabrda beş yil muddatga fuqarolik işlari böyiça Urgut tuman sudi raisi lavozimiga tayinlangandi.