DSQ raisi o‘rinbosari Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Sog‘liqni saqlash vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi.

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Azizov Abdulla Abdisalamovich tayinlandi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Abdulla Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.
2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas'ul lavozimlarda ishlagan.
U 2019 yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.
Shu tariqa, bugunning o‘zida Sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Bungacha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov lavozimini tark etgani, prezident 3 iyuldagi tegishli qarorlariga asosan Ulug‘bek Sobirov, Elmira Bositxonova va Shohrux Shorahmetov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlariga aylangani xabar qilingandi.
Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirining jami 7 nafar o‘rinbosari bor:
- Bahodir Yusupaliyev - Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori;
- Abduhakim Hojiboyev - Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori;
- Elmira Bositxonova - Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari;
- Ulug‘bek Sobirov - Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari;
- Shohrux Shorahmetov - Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya masalalari;
- Abdulla Azizov - Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:08
-
Ukraina va AQSh urush strategiyasi, «Moskva», Kursk, Baxmut va qarshi hujum bo‘yicha qanday bahslashgan? NYT surishtiruvidan asosiy gaplar
Jahon | 15:05
-
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti
Jahon | 15:00
-
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi
Iqtisodiyot | 14:53
Mavzuga oid

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025
“Boj to‘lovi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ko‘mak bo‘ladi” - Farmagentlik rahbari

18:53 / 30.07.2024