Özbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga binoan Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida işlayotgan Abdulla Abdusalomoviç Azizov Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

DSQ matbuot xizmati xabariga köra, u 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yönalişida öqigan. 2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yönalişi böyiça magistr darajasini olgan. Şuningdek, 2006 yilda Daniyaning Orxus texnika kollejini IT-dasturçi mutaxassisligi böyiça tamomlab, uşbu yönalişda mehnat faoliyatini boşlagan.

A.Azizov 2006 yildan bugungi kunga qadar Daniyada “Maersk A/S”, “DONG Energy A/S”, “Carlsberg A/S”, “Implement consulting group”, “Vestas A/S” hamda yangi lavozimga tayinlangunga qadar “Danfoss” kompaniyasida Moliyaviy biznes loyihalarini avtomatlaştiriş sohasiga yuqori standartlarni joriy qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.

A.Azizov Davlat soliq qömitasida joriy yilning may-avgust oylarida ekspert sifatida faoliyat olib bordi.

Uşbu qisqa davrda Rossiya Federal soliq xizmati, Birlaşgan Arab Amirligi, Janubiy Koreya, Xitoy va Jahon banki ekspertlari bilan soliq organlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş hamda bu sohada malakali kadrlarni tayyorlaş böyiça kelişuvlar imzolanişiga erişildi, deyiladi Soliq qömitasi xabarida.

Bundan oldin, Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Bahodir Töxtamişoviç Turobov Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.