Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi isloh qilinadi
Foto: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish nazarda tutilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mavqeini qayta ko‘rib chiqish, kompaniya boshqaruviga bozor mexanizmlarini joriy etish va sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 mart, ijro uchun mas'ullar - prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekspert Milliy teleradiokompaniyani xususiylashtirish vaqti kelganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
19:04 / 22.04.2022
O‘zMTRK JCh-2022 uchrashuvlarini O‘zbekistonda namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi
18:30 / 20.11.2020
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»
20:40 / 02.03.2020