Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Suriyadagi vaziyatni Checheniston voqealari bilan tenglashtirdi
Foto: TASS /Denis Abramov
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Suriyadagi vaziyat Chechenistonda 90-yillarda yuz bergan hodisalarga o‘xshashdir. Bu haqda u «Rossiya 24» telekanali efirida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Suriya va suriyaliklarning hech qanday aybi yo‘q. Xuddi o‘shanda bizning respublikada bo‘lgani kabi. Chechenlar hech qachon ekstremistlar, terrorchilar bo‘lmagan. Urushni Rossiyaga qarshi o‘ylab topishdi va bizning xalqimizni o‘ldirgan holda, oldinga qarab shunday harakatlanishdi. Suriyada ham xuddi shu narsa yuz bermoqda», - deya ta'kidlab o‘tgan Qodirov.
Qodirovning fikricha, Suriyadagi vaziyat Rossiyaga bosim uchun kerak. Shu bilan birga, uning ishonch bildirishicha, Rossiya o‘z pozitsiyalarini himoya qilishda davom etadi.
«Biz jahon hamjamiyatiga bosiqlik bilan ko‘rsatmoqdamiz: agarda ertaga nimadir bo‘lsa, biz sizga aytgandik, biz ko‘rsatgandik, biz dalillarni so‘ragandik. Biroq mening fikrimcha, agarda shunday davom etsa, Rossiya tegishli choralarni ko‘rishga majbur bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada Checheniston teleradiokompaniyasi jurnalisti otib o‘ldirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:53 / 29.12.2025
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
14:03 / 25.12.2025
Masqatda hujjatsiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
10:01 / 23.12.2025