Damashqda Chechenistonning «Grozniy» teleradiokompaniyasi shtatdan tashqari muxbiri Ixab Balan halok bo‘ldi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov «VKontakte»dagi sahifasida xabar bergan.
«Damashqdan qayg‘uli xabar keldi. Damashqda juma namozidan oldin «Grozniy» teleradiokompaniyasining Suriya Arab Respublikasidagi shtatdan tashqari muxbiri, Suriya fuqarosi Ixab Balan otib o‘ldirildi», - deya yozgan Qodirov.
Checheniston rahbari «Grozniy» ijodiy jamoasi va halok bo‘lgan jurnalistning yaqinlari hamda do‘stlariga ta'ziya bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ixab Balanning oilasiga moddiy yordam va qo‘llab-quvvatlov taqdim etiladi.











