O‘zbekiston | 12:10 / 09.07.2019
18073
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro shahrida Bukhara City quriladi

Foto: aydinlatmateknik

Buxoro shahrida Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan obektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda Bukhara City zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi. 

Qarorga ko‘ra, Bukhara City hududida obektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi.

Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy obektlarni joylashtirishga ustuvorlik beriladi.

Mavzuga oid