«Muzeyda bolalarga robotlar xizmat ko‘rsatadi» – Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida
Toshkent shahrining Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovvarov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda markazning kelgusi faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilishi haqida gapirdi.
7 gektardan ortiq yer maydonida 3 qavatli markaz binosi qad ko‘targan. Markaz direktori bino ichini to‘ldirish, yoshlarga foydasi tegadigan maskanga aylantirish ham katta mas'uliyat talab etishini qayd etib o‘tdi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda Yoshlar akademiyasi markaz bilan hamkorlik boshlagan. Markazda tashkil etiladigan muzey uchun eksponatlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, bu yerga tashrif buyuradigan bolalarga ekskursiya dasturlari elektron tarzda taqdim etilishi rejalashtirilgan. Ularda qiziqishni oshirish maqsadida bu jarayon robotlashtiriladi va bu respublikada bolalarga maxsus dastur asosida xizmat ko‘rsatuvchi birinchi muzey bo‘ladi. Hozirda xizmat ko‘rsatuvchi ilk robot tayyor bo‘lgan.
«Bizning oldimizga qo‘ygan maqsadimiz Islom dinining asl mohiyatini ko‘rsatish. Bu din tinchlik dini ekanligini nomining o‘zi ham ko‘rsatib turibdi. Muzeyga eksponat sifatida Zamaxshariyning o‘sha davrdagi ensiklopediya shaklida yaratilgan, arab va lotin tillarida izohlangan kitobini oldik. Birinchi navbatda markazda tarjima qiladigan asarlarimizdan bittasi aynan shu kitob bo‘ladi», deya ta'kidladi markaz rahbari.
U markaz hududini kengaytirish nazarda tutilganini, markaz atrofi bog‘ qilinib, suv havzasi, favvoralar, tadbirlar, jumladan hayit namozlari o‘tkaziladigan maydon barpo etilishini qo‘shimcha qildi.
«Bu yer nafaqat ma'rifat markazi, balki xalqimiz dam oladigan maskanga aylanadi. Ham mulkimiz, ham faxrimiz bo‘lib asrlar mobaynida yoshlarga xizmat qiladi», dedi u.
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
23:08 / 27.08.2024
Isroilda ota-onasi bilan muzeyga kelgan bola 3,5 ming yillik ko‘zani sindirib qo‘ydi
15:24 / 12.10.2022
«Muzey, ochiq kutubxona va anjumanlar zali» – Islom sivilizatsiyasi markazi qachon bitadi va unda nimalar bo‘ladi?
21:45 / 24.08.2022