Prezident Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurib, sönggi pardozlaş va jihozlaş işlarini közdan keçirdi.

Loyiha davlat rahbarining 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boşlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni unga poydevor qöyilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik işlari yakuniy bosqiçga kirgan.

Mahobatli inşoot qadimgi me’moriy obidalar şaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning tört tomonida balandligi 34 metrli peştoqlar, örtada 65 metrli gumbaz qurilgan.

Markazning eng asosiy qismida Qur’oni karim zali joylaşgan. Bu yerda qadimiy Usmon muşafi joylaştiriladi. Şuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmşohlar, Özbekxon, temuriylar va boşqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitob nusxalari va ularning eski özbek tilidagi tarjimalari qöyiladi. Jahondagi eng nodir qölyozma Qur’onlardan namunalar ham örin oladi.

Prezident bu zaldagi sönggi pardozlaş işlarini körib, mutasaddilarga öz tavsiyalarini berdi.

Markazda 460 örinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. Bu yerda turli xalqaro uçraşuvlar, anjumanlar ötkaziş uçun şaroit yaratilgan.

“Özbekiston uluğ tarixga ega. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tarixida öçmas iz qoldirgan. Ular bilan dunyo hamjamiyatini xabardor qilişda uşbu markazning örni beqiyos bölişiga işonaman”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans davri”, “Ikkinçi Renessans davri”, “Özbekiston XX asrda”, “Yangi Özbekiston – yangi Renessans” kabi bölimlar taşkil etiladi. Bu davrlar tarixi turli aşyolar, qölyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyiş etilgan. Xorazmiy, Farğoniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marğinoniy, Mahmud Zamahşariy, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Quşçi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida ma’lumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Şoşiy, Abdulxoliq Ğijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqşband, Xöja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom ma’rifatiga qöşgan hissasi atrofliça yoritilgan.