Siyosatshunos Markaziy Osiyo integratsiyasi haqida: “Yagona kuch bo‘lishimiz kerak”
Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'ning Markaziy Osiyo integratsiyasi mavzusidagi intervyusida mintaqaning beshta davlati nafaqat iqtisodiy, balki harbiy-siyosiy va ijtimoiy hamjihatlikni ham mustahkamlashi zarurligi haqida fikr bildirdi.

“Markaziy Osiyoda hozirgi aytilayotgan iqtisodiy integratsiya – hali integratsiyaning yarim darajasi. Umumiy pirovard maqsad – kuchli siyosiy birlik bo‘lishi va uning zamirida xavfsizlik masalasi turishi kerak.
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkita eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari – qudratli Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasi, ular esa turkiy davlatlarga tajovuz qilgan davlatlardir. Biz iqtisodiy tomondan dunyodan uzilolmaymiz va bu bizning manfaatimizga to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni iqtisodiy masalalar va geosiyosiy mustaqillik, o‘zlik o‘rtasida ma’lum bir ziddiyatlar bor.
Fikrimcha, integratsiyadan asosiy maqsad umumiy mudofaa bo‘lishi kerak. Biz – beshta respublika shu darajaga kelishimiz kerakki, o‘rtada yashirin intrigalar minimum darajaga tushib, o‘rtadagi birlik, hamjihatlik nafaqat davlatlar va hukumatlar, balki jamiyatlar darajasida ham bo‘lishi lozim. Lekin bugun ziddiyatlar mavjud. Jamiyatlar o‘rtasida ishonchsizlik ham bor, bu borada sotsiologik tadqiqotlar olib borilishi kerak. 2010 yil voqealari, Tojikiston va Qirg‘iziston munosabatlarini olib qarasak, biz hali jamiyatlar darajasidagi integratsiyadan uzoqmiz.
Mintaqani birlashtiruvchi axborot maydoni mavjud emas. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo uchun umumiy tadqiqotlar, institutlar ham yo‘q. Biz kecha birga bo‘lganimizni bilamiz, lekin millatchilik kabi muammolarni ham ko‘rib turibmiz. Markaziy Osiyo davlatlarining Ukraina urushiga nisbatan pozitsiyalari ham biroz farq qiladi. Yaqin kelajakda dunyoning eng qudratli iqtisodiyotiga aylanuvchi Xitoyga nisbatan qanday pozitsiyada bo‘lishimiz bo‘yicha na jamiyatlarda, na davlatlarda aniq bir yondashuv yo‘q”, – deydi siyosatshunos.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z oldilariga asr oxiriga borib umumiy platformada, yagona o‘zlik asosida, yagona kuchga aylanish vazifasini qo‘yishi kerak.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning sabzovotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi
Jahon | 21:53
-
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV
Jahon | 21:50
-
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
Jahon | 21:40
-
Lavrov Putinning 9 may sulhi bo‘yicha taklifini «bevosita muzokaralar boshlanishi» deb atadi
Jahon | 21:28
Mavzuga oid

20:47
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

09:10 / 24.04.2025