Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 oktyabrdan Toshkent shahri va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda “Toza havo” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida issiqxonalar masalasi muhokama qilindi. Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga bosqichma-bosqich ko‘chirish, yangi issiqxonalarni tashkil etishni cheklash taklifi bildirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
“Toza havo” loyihasining muhim tarkibiy qismi sifatida issiqxonalar masalasi ham muhokama qilindi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida issiqxona xo‘jaliklari juda ko‘p, ular orasida isitish manbalari sifatida ko‘mir, mazut va nostandart yoqilg‘idan foydalanuvchi issiqxonalar ulushi ham yuqori, ular chiqarayotgan NO2, SO2 va PM2,5 kabi xavfli moddalar havo sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Qolaversa, Toshkent hududida yillik quyosh nurlanishi qolgan hududlarga qaraganda nisbatan past bo‘lgani sababli bu yerda issiqxonada mahsulot yetishtirish xarajati ancha baland. Masalan, yanvar oyida Toshkentda o‘rtacha harorat Tselsiy bo‘yicha 6 daraja issiq bo‘lsa, Termizda 10,8 daraja issiq. 1 tonna issiqxona mahsulotini yetishtirish xarajati Toshkent viloyatida 11,9 million so‘mni, Surxondaryoda esa 4,9 million so‘mni tashkil etadi.

Mahsulotlarni insolyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda yetishtirish issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy holati uchun ham, ichki bozordagi narx barqarorligi nuqtai nazaridan ham manfaatli hisoblanadi. Shu bois, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarni energiya tejamkor va tabiiy-iqlim sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga bosqichma-bosqich ko‘chirish taklifi bildirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark tashkil etish rejalashtirilgan. Bu hududda quyosh nurlanishi yuqori, qish nisbatan yumshoq, isitish xarajatlari ancha past bo‘lib, bu mahsulot tannarxini keskin tushirish imkonini beradi.
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va unga tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etishni cheklash, shu bilan birga, ko‘chirilayotgan xo‘jaliklarga infratuzilma, kredit va logistika bo‘yicha imtiyozlar berish nazarda tutilmoqda.


Mavzuga oid
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi
20:44 / 26.03.2026