Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB nomidan ma’muriy jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘lganlar doirasi aniq belgilanmoqda
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.
“Ma’muriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi orqali Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan ma’muriy jarimalarning o‘z vaqtida undirilmaganligi yuzasidan Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llaniladigan ma’muriy jarima miqdori undirilishi lozim bo‘lgan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, loyihada sohada turli suiiste’molchiliklarning oldini olinish maqsadida Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy jarima qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi aniq ko‘rsatilmoqda.
Yig‘ilishda fraksiya a’zolari qonun loyihasi bo‘yicha o‘zlarining munosabatini bildirib, uni ma’qullashdi.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026