Hujjatda moliyaviy jarima yuridik şaxslar tomonidan qonunçilik talablari buzilganda qöllaniladigan moliyaviy-huquqiy ta’sir çorasi sifatida belgilangan. Qonun davlat organlariga jarima qöllaşda qonuniylik, mutanosiblik, oşkoralik va ikki karra jazolaşga yöl qöymaslik prinsiplariga amal qiliş majburiyatini yuklaydi.
Loyihaga köra, moliyaviy jarimalar:
— qat’iy pul summasida;
— bazaviy hisoblaş miqdoriga nisbatan;
— tuşum yoki zarar miqdoridan foiz hisobida belgilanişi mumkin.
Şuningdek, birinçi marta sodir etilgan va katta zarar keltirmagan ayrim huquqbuzarliklar uçun jarima örniga ogohlantiriş berilişi nazarda tutilgan. Agar tadbirkor kamçiliklarni ixtiyoriy bartaraf etsa, unga moliyaviy jarima qöllanmasligi mumkin.
Qonun loyihasida tadbirkorlarga qaror ustidan sudga yoki yuqori turuvçi organga şikoyat qiliş huquqi ham berilmoqda. Bundan taşqari, barça moliyaviy jarimalar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi elektron reyestrga kiritilişi belgilangan.
Hujjatda noqonuniy yoki asossiz qöllangan jarimalar bekor qilinişi va tölangan mablağlar tadbirkorga qaytarilişi ham nazarda tutilgan.
Yuridik şaxslarga jarima qöllaş tartibi özgaradi
16:36 / 14.05.20263 8052 min
Özbekistonda yuridik şaxslarga moliyaviy jarima qöllaş tartibi özgarişi mumkin. Yangi qonun loyihasiga köra, jarimalarni qöllaşning yagona huquqiy mexanizmi joriy etilib, tadbirkorlar uçun qator kafolatlar belgilanmoqda.












