Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Sankt-Peterburg «Iqtisodiyot Oliy Maktabi»ga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi
15-22 avgust kunlari Toshkentda Sankt-Peterburg “Iqtisodiyot Oliy Maktabi” Milliy tadqiqot universitetiga (SPb – IOM MTU) kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Kirish imtihonlari SPb-IOM MTU tomonidan Neo-Consulting-Xorijda ta’lim olish konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan. O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va imtihonlarni topshirish muddatlari 2018 yilning 22 avgustigacha uzaytirildi.
SPb-IOM MTU ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlarga doir tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Universitet turli jahon reytinglarida yuqori pozitsiyalarni band etadi. Masalan, jahonning yetakchi yosh universitetlar reytingi hisoblangan QS World University Rankings 2018/2019'da 38-o‘rinda kelgan. QS fanlar reytingiga muvofiq, SPb-IOM MTU «Sotsiologiya» hamda «Siyosat va xalqaro tadqiqotlar» yo‘nalishi bo‘yicha jahonning eng yaxshi universitetlari top-100 ro‘yxatiga, «Iqtisod va Ekonometrika», «Matematika» va «Falsafa» yo‘nalishlari bo‘yicha top-150 ro‘yxatiga kiradi. Times Higher Education World Young University Rankings 2018 versiyasiga ko‘ra, universitet Rossiyada - birinchi o‘rin, dunyoda esa 84-o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston fuqarolari uchun SPb-IOM MTUda o‘qishning afzalliklari:
- Universitet diplomi O‘zbekistonda nostrifikatsiya imtihonlarisiz tan olinadi va amal qiladi, zero universitet jahonning eng yaxshi 500 universiteti ro‘yxatiga kiradi.
- Imtihonlar Sankt-Peterburg shahriga borilmay, Toshkent shahrining o‘zida bepul o‘tkaziladi.
- O‘qish uchun to‘lov kiritish bo‘yicha qisman grantlar (70% gacha) olish imkoniyati mavjud;
- 11 bakalavr va 14 magistrlik dasturlari, ingliz tilidagi dasturlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek SPb-IOM MTUda mashhur Yevropa univeniversitetlari bilan hamkorlikdagi ikki diplom (DoubleDegree) olish bo‘yicha 4 dastur amalga oshiriladi.
- Qo‘shimcha ravishda chet tillarni o‘rganish imkoni: ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, xitoy, yapon, koreys, hind, arab.
- Hamkor kompaniyalar («Lukoyl» OAJ, «Deloyt i Tush SNG» va b.)da stajyorlik amaliyotini o‘tash;
- Jahondagi eng go‘zal va xavfsiz shaharlardan birida o‘qish hamda yashash;
- 100 dan ziyod talabalar tashkilotlari, minglab tadbirlar va o‘zini-o‘zi boshqarish imkoni;
- Kir yuvish xonalari, sportzal va bepul Wi-Fi bilan jihozlangan zamonaviy yotoqxonalarda har jihatdan qulay yashash imkoniyati. Sankt-Peterburgdagi MTU yotoqxonalari Rossiyada eng a’losi deya tan olingan.
Arizalar Neo-Consulting kompaniyasining Toshkentdagi ofisida qabul qilinadi. Bunda abituriyentlar 2-tagacha ta’lim dasturini tanlash imkoniyatiga ega, bu esa bilim dargohiga kirish imkonini yanada oshiradi.
Abituriyent dasturdan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarda imtihon topshiradi: matematika / ingliz tili / rus tili / tarix. Dasturga qabul qilinish uchun har bir imtihondan kamida 50 ball olish kerak bo‘ladi.
Bakalavriat dasturlariga kirish uchun hujjatlar ro‘yxati:
- Rus tiliga tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlangan pasport;
- Kollej yoki litseyni bitirganlik to‘g‘risidagi, baholari ko‘rsatilgan, Rus tiliga tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlangan diplom;
Qo‘lga kiritilgan yutuqlardan dalolat beruvchi sertifikatlar, masalan, IELTS, TOEFL va boshqalar (maqsadga muvofiq).
Magistratura dasturlariga kirish uchun hujjatlar ro‘yxati:
- Pasport, rus tiliga tarjimasi bilan;
- CV (rezyume);
- Motivatsion xat;
- Kamida bir tavsiyanoma;
- Baholar tushirilgan bakalavr diplomi;
- Qo‘lga kiritilgan yutuqlaringizni tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, til sertifikatlari, konferensiyalarda ishtirok etganlik, tanlovlarda g‘alaba qozonganlik, ilmiy nashrlar va h.k.
SPb-IOM MTUda tahsil olish sizga o‘z professional ambitsiyalaringizni amalga oshirishga yordam beruvchi mustahkam poydevor bo‘ladi. Universitet va imtihonlarda qatnashishga doir ro‘yxatga olish tizimi barcha talabgorlar uchun ochiq.
Neo-Consulting kompaniyasi sakkiz yildan beri xorijda tahsil olish sohasida malakali konsultatsion yordam ko‘rsatib keladi.
Quyida keltirilgan telefon raqamlari orqali universitet, kirish imtihonlari, o‘rinlar soni, narxlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:
(+99871) 256 4195, (+99899) 886 5777
Manzil: Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 43 (mo‘ljal: Italiya elchixonasi, Kosmonavtlar metro bekati).
Facebook: facebook.com/neostudy
Telegram: t.me/neostudy
Instagram: instagram.com/neoconsulting
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:52 / 15.11.2025
"Umummilliy Konstitutsiya imtihoni" o‘tkaziladi
17:56 / 31.10.2025
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qanday topshirish mumkin: tajriba, narxlar, tayyorgarlik va u nima uchun kerak?
12:42 / 16.09.2025
Bakalavrga testda imtihonsiz maksimal ball beriladigan sertifikatlar ro‘yxati yangilandi
18:11 / 15.09.2025