O‘zbekiston | 12:24 / 29.11.2025
13804
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobillarga ekostikerlar beriladi: “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar joriy etiladi

Hukumat qarori bilan, avtotransport vositalari chiqargan gazning zararlilik darajasini aniqlash, ularni ekologik toifalarga ajratish va ekologik stikerlarni berish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mashinalar ekologik sinfiga qarab “toza”, “o‘rta” va “zararli” toifalarga bo‘linadi hamda shu asosda rangli stikerlar bilan belgilanadi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Nizomga ko‘ra, transport vositasining ekologik toifasi – uning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan ekologik sinfiga muvofiq aniqlanadi

Shu asosda, benzin, siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanuvchi avto:

  • “Yevro-2” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
  • “Yevro-0” va “Yevro-1” – “o‘rta” ekologik toifa;

dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avto:

  • “Yevro-4” va undan yuqori – “toza” ekologik toifa;
  • “Yevro-3” – “o‘rta” ekologik toifa;
  • “Yevro-0”, “Yevro-1”, “Yevro-2” – “zararli” ekologik toifa;

gibrid avtomobillar, muqobil yonilg‘i turlarida harakatlanuvchi transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avto – avtomatik ravishda “toza” ekologik toifaga kiradi.

Transport vositalarini ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida ularning toifasiga mos ravishda:

  • “toza” toifa uchun – “yashil”,
  • “o‘rta” toifa uchun – “sariq”,
  • “zararli” toifa uchun – “qizil” rangli ekologik stikerlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ekologik operatorlar tomonidan beriladi.

Transport egalari, shuningdek, ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun YHXXga uning rasmiy veb-sayti yoki my.gov.uz (YaIDXP) orqali murojaat qilishi mumkin. Ariza belgilangan mezonlarga javob berganda, mashinaning ekologik toifasiga mos stiker beriladi.

Ekologik stikerlar muddatsiz davrga beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid